“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


B. Matn va til estetikasi



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190
saparniyozova 0

B. Matn va til estetikasi.
Sizga ma’lumki, til kommunikativ 
(aloqa quroli, vositasi), ekspressiv (fikrlarni ifodalash), konstruktiv 
(fikrlarni shakllantirish), akkumulyativ (ijtimoiy tajriba va bilimlarni 
to‘plash, saqlash) kabi bir necha funksiyalarni bajaradi. Shunga ko‘ra 
matndagi til birliklari muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi 
(ya’ni, kim-nima, kimga-nimaga, kim haqida-nima haqida).
 
Birinchi odim. Badiiy nutq ko‘rinishlarini belgilash.
-Monologik nutq, dialogik nutq, parallel nutq. Ichki nutq, tashqi 
nutq. Qahramonlarning yozma nutqlari, gazeta va jurnallardan olingan 
nutq ko‘rinishlari.
-Hikoyachi shaxsini aniqlash. Kim hikoya qilyapti? Hikoyachi 
kim haqida gapiryapti? Hikoyachi o‘zini bevosita ifodalayaptimi yoki 
bilvosita?
-Hikoyachi nutqining ko‘rinishlarini belgilash: xolis nutq
munosabatli nutq. Ichki nutq, tashqi nutq. 
-Qahramon shaxsini aniqlash. Bosh qahramon kim? Qaysi toifa-
tabaqa yoki ijtimoiy qatlam vakili? Qahramon fe’l-atvori, 
dunyoqarashini aniqlash.
-Qahramon nutqining ko‘rinishlarini belgilash. Xolis nutq, 
munosabatli nutq. Ichki nutq, tashqi nutq. 
Ikkinchi odim. So‘zning estetik vazifasi.
-Badiiy asarda yozuvchi tomonidan atayin qo‘llangan so‘zlarni 
aniqlash. Nega aynan shu so‘zni qo‘llaganligi, bu so‘zning asar 
mazmuni va estetikasi uchun qay darajada ahamiyat kasb etishi haqida 
fikr yuritish.
-Tarixiy, arxaik va yangi so‘zlarni aniqlash, ma’nosini izohli 
lug‘atlarga asoslanib sharhlash. Ularning asarda qo‘llanilish o‘rni va 
sababini belgilash. 
-Iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlar(kasb-hunar so‘zlari, 
shevaga oid so‘zlar, chet va dag‘al so‘zlar)ni aniqlash, ma’nosini 
zaruriy lug‘atlarga asoslanib sharhlash. Ularning asarda qo‘llanish 
o‘rni va sabablarini izohlash. 
-Ma’nodosh, shakldosh, paronim va zid ma’noli so‘zlarni 
aniqlash. Ularning asar mazmuniga qanday ta’sir etganligi haqida 
mulohaza yuritish. 
-Fonetik-fonologik o‘ziga xosliklarni belgilash. Tovush takrori, 
tovush tushishi, tovushlarning qavatlanishi kabi hodisalarning asarda 


qo‘llanilishi va ular yordamida erishilgan ekspressivlik haqida fikr 
yuritiladi.
-Matndagi morfologik o‘ziga xosliklarni aniqlash. Masalan, ot 
so‘z turkumidagi so‘zlarni ketma-ket keltirish yoki takrorlash orqali 
erishilgan ta’sirchanlik, sifatlarni uslubiy maqsadlarda qo‘llash, 
olmoshlarning matndagi vazifasi, fe’l nisbatlaridan emotsional-
ekspressiv maqsadalarda foydalanilganlik kabilarni aniqlash. 
-Matnning sintaktik o‘ziga xosliklarini aniqlash. Yozuvchi 
tomonidan atayin qo‘llanilgan so‘z birikmalarini topish va nega 
qo‘llanilgani haqida fikr yuritish. Gap turlarini aniqlash. Qaysi turdagi 
gaplardan ko‘proq foydalanilganligini belgilash va yozuvchining 
maqsadi haqida fikr yuritish. So‘z tartibi, inversiya, antiteza, 
parallelizm, ellipsis kabilar. 
- Abzas. Abzas qismlarinig joylashtirilishi. Tema-rematik 
munosabat. Abzaslarni bir-biriga bog‘lovchi vositalar. Distant va 
kontakt aloqa. Mazmuniy o‘q, mazmuniy yaqinlik va mazmuniy 
izchillik tushunchalari abzas tahlili asosida sharhlanadi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə