“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   190
saparniyozova 0

 
 
MATNNI 
LINGVOSTATISTIK 
USULLARDA 
O‘RGANISH 
 
Matnni o‘rganishning yana bir usuli – lingvostatistik usul 
hisoblanadi. Matnni tadqiq qilishda statistik metodlardan
foydalanilar ekan, bunday metodlar muayyan bir matnda so‘z yoki 
ibora, bo‘g‘in yoki gap singari til birliklarining qo‘llanishida o‘ziga 
178
Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.-T., 2002, 5-b.


xos qonuniyatlarni aniqlashga qaratiladi. Til o‘ziga xos sistemaga 
ega bo‘lgan ijtimoiy hodisa bo‘lganligi tufayli til birliklari muayyan 
sistemada joylashgan bo‘ladi. Ularni o‘lchab, hisoblab, ularning 
ma’lum bir matnda tarqalish darajasini, chegarasini aniqlash 
mumkin. Og‘zaki va yozma nutq jarayonida har bir til belgisi
muayyan qo‘llanish chastotasiga ega.
Nutq oqimida takrorlanuvchi til birliklarining bo‘lishi til va 
nutq muammolarini o‘rganishda statistik vositalardan foydalanishga 
imkoniyat yaratadi. Lingvostatistik tahlil imkoniyatlari til 
birliklarining qonuniyatlarini kuzatish va shu kuzatish natijalarini
qayta ishlash jarayonida aniqlanadi. Bunda tabiiy fanlarning 
metodlaridan foydalaniladi. Shuning uchun lingvostatistik metodlar 
tabiiy-ilmiy metodlar tarkibiga kiradi.
Til muammolari statistik jihatdan axborot nazariyasi metodlari 
yordamida ham o‘rganiladi. R.G. Piotrovskiy “Yozma matnni
informatsion o‘lchash” nomli asarida bu haqda quyidagilarni
ta’kidlagan edi:” Til aloqa vositasi bo‘lgani uchun uning birliklari
lingvostatistik metodlar yordamida hamda informatsion usullar orqali 
baholanadi va o‘lchanadi”.
179
Bunday o‘lchash va baholash quyidagi 
tamoyillarga asoslanadi: 
1. Nutqiy muloqotga aloqa kanali sifatida qaraladi. Shu kanal 
orqali harflar, tovushlar, morfemalar va b. til birliklari yordamida 
informatsiya uzatiladi. 
2. Lingvistik birliklar bu yerda ayrim kodlarning simvoli 
vazifasini bajaradi.
Til va nutq hodisalarini o‘rganishda statistik metodlardan 
foydalanish tilshunoslik uchun yangilik emas, bu jarayon ikki 
asrlik tarixga ega. O‘z vaqtida mashhur rus matematigi 
V.YA.Bunyakovskiy 
1847-yilda 
ehtimollar 
nazariyasidan 
grammatik va etimologik tadqiqotlarda foydalanishga tilshunoslarni 
da’vat etgan edi. P.B.Struvening fikricha, filologik tadqiqotlarda 
statistik metodlardan foydalanish tilshunoslarni matn h aqidagi 
aniq ma’lumotlar bilan qurollantiradi.
Rus tilshunosligida XX asr boshlarida statistik metod 
yordamida tilning tovush tarkibini o‘rganish ilk bor yo‘lga 
qo‘yildi. 
Masalan, 
rus 
tilshunoslari 
V.Petrov 
va 
179

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə