“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


 Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190
saparniyozova 0

 

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.Mazkur kursning metodologiyasi qanday qonuniyatga 
asoslanadi? 
2.Lisoniy tahlilning qanday tamoyil va usullari bor? 
3.Shakl va mazmun birligi tamoyili deb nimaga aytiladi? 
4.Makon va zamon birligi tamoyili deb nimaga aytiladi? 
5.Xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyili deb nimaga 
aytiladi? 
6.Ilmiy mushohada usuli deb nimaga aytiladi? 
7.Lisoniy tabdil deganda nimani tushunasiz? 
8.Matn variantlarini qiyoslash usuli deb nimaga aytiladi7 
9.Lug‘atlarga asoslanish usuli deb nimaga aytiladi? 
10.Tematik tahlil deb nimaga aytiladi? 
11.Kompleks tahlil deb nimaga aytiladi?
 
Badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishda nimalarga e’tibor 
qaratish zarur? 
Biror bir she’rni, hikoya yoki romanni o‘qiyotganimizda asar 
mazmunini yakka-yakka so‘zlardan yoki ayrim iboralardangina emas, 
balki matn deb ataluvchi butunlik bilan munosabatga kirishgandan 
so‘nggina anglay boshlaymiz. Badiiy asarni gazeta o‘qigandek o‘qib 
bo‘lmaydi. Badiiy asarni o‘qish uchun ham alohida tayyorgarlik 
kerak. Voqealar tizimini kuzatib borish bilangina asar o‘qigan bo‘lib 
qolmaysiz. O‘zingizda faol o‘qish tarzini shakllantirishingiz zarur, aks 
holda asar o‘qish shunchaki vaqt «o‘ldirish» mashg‘uloti bo‘lib 
qolaveradi. Xo‘sh, faol o‘qish tarzini shakllantirish uchun nima qilish 
kerak? Buning uchun yozuvchi va matn bilan haqiqiy muloqotga 
kirishishingiz talab qilinadi. Ularga o‘zingizning savollaringizni 
muntazam berib borishingiz zarur. Matnni har tomonlama tahlil qilib 
borishingiz kerak. Matn mohiyatiga kirib borish uchun avvalo 
tilshunoslik 
va 
adabiyotshunoslikning 
tamal 
qonuniyatlaridan 
xabardor bo‘lish lozim. Quyida sizga havola qilinayotgan tahlil tartibi 
qat’iy-qotma tartib emas, uni tahlil obyekti va metodiga qarab 
o‘zgartirishingiz mumkin.



Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə