“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   190
saparniyozova 0

3.Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli.
Badiiy matnning 
lingvopoetik tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklarning indeksini 


tuzib chiqish talab qilinadi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko‘p 
qo‘llanilgan, asar badiiyati uchun xarakterli bo‘lgan birliklar 
(masalan, iboralar, sinonomlar, antonimlar yoki epitetli birikmalar
metonimiya, metaforalar bo‘lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo 
tartibida terib chiqiladi. Bu yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda 
faktik material vazifasini o‘taydi. Masalan, mohir so‘z san’atkori 
Abdulla Qahhorning «Sarob» romanida qo‘llangan yuzdan ziyod 
ibora, metafora yoki metonimiyalarning indeksini quyidagi tarzda 
tuzib chiqishimiz mumkin: (5 jildlik. 1-jild. -Toshkent, G‘afur G‘ulom 
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.) 
Iboralar: 
1.
Aftini burishtirmoq – 
Qimirlasam, biqinim sanchadi, –dedi 
Saidiy xuddi hozir sanchadiganday aftini burishtirib.
(41-b.) 
2.
Bo‘yniga olmoq – 
Saidiy xayrlashib chiqdi, qishloqqa borishni 
bo‘yniga olib qo‘ydi
. (83-b.) 
3.
Dami ichiga tushmoq – 
Saidiy Yoqubjonning aytganini 
qilganida Kenjaning dami ichiga tushdi
. (124-b.) 
4.
Oqizmay-tomizmay yetkazmoq – 
So‘z o‘rni kelganda, u 
Saidiyda zakovat belgilari ko‘rganini, bu yigit oddiy 
studentlardan yuqori turishini so‘zlar, buni esa Munisxon 
oqizmay-tomizmay Saidiyga yetkazar edi
. (67-b.) 
5.
Ta’bi ochilmoq – 
U qishloqqa kelganida dastlab yangi muhitga 
o‘rganolmay ko‘p qiynalgan edi, ammo o‘rganganidan so‘ng, 
ta’bi ochilib ketdi
. (89-b.) 
6.
Yuragi dov bermaslik – 
Munisxon paltosining yoqasini ko‘tardi-
yu, eshikdan chiqishga yuragi dov bermay, turib qoldi
. (43-b.) 
7.
Uhda 
qilolmaslik 
– 
Shef 
bilan 
ishlab 
ham 
uhda 
qilolmayotirsizmi
? (82-b.) 
8.
Quloq bermoq – 
Qiz uning so‘ziga o‘zi ustidan chiqarilgan 
hukmni tinglaganday quloq berar edi
. (35-b.) 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə