“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyili



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   190
saparniyozova 0

3.Xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyili. 
Har bir til hodisasi muayyan matnda alohida – alohida olib 
o‘rganiladi, izohlanadi va shu asosda umumlashtiriladi. Badiiy asarda 
tilga olingan detallar asarning umumiy ruhiga yoki davr ruhiga qay 
darajada mos kelishi aniqlanadi. Qahramon dunyoqarashi uning 
nutqida qay darajada aks etgan? Asar ishtirokchilarining dialoglari 
monologlari badiiylik talablariga javob beradimi? Umuman asardagi 
xususiy holatlar asarning butuniga aloqadormi, yo‘qmi kabi holatlar 
aniqlanadi. «Mavzu, janr, uslub va tilga xos umumiy belgilar hamda 
muallif individualligiga xos xususiy belgilarning matnda namoyon 
bo‘lishini izohlash» ham shu tamoyil talablaridan hisoblanadi. Turli 
qatlamga xos so‘zlarning badiiy matnda qo‘llanishi bilan bog‘liq 
tekshirishlar yoki qahramonlarning o‘zlari mansub bo‘lgan toifa 
tilidan qay darajada iste’foda qilishini o‘rganish kabilarda 
xususiylikdan umumiylikka o‘tish qonuniyati hisobga olinadi.
 
1. Lisoniy tabdil usuli. 
Tabdil – «almashtirish, o‘zgartirish, 
o‘rin almashtirish» degan ma’noni bildiradi. Asar tilining badiiyligi,
ishonarliligi, yozuvchining mualliflik mahoratini aniqlashda ushbu 
tahlil usuli natijalaridan foydalaniladi. Asarda qo‘llanilgan so‘z yoki 
iboralarni, jumlalarni qayta tuzib ko‘rish, o‘xshashi bilan almashtirib 
ko‘rish va shu asosda baho berish nazarda tutiladi. Masalan, Abdulla 
Qahhorning «Anor» hikoyasidagi mana bu misolga e’tibor bering: 
– 
Yo qudratingdan, indamaydi-ya! – dedi Turobjon keltirgan 
matoini
titkilab – mana, chaynab ko‘r! Ko‘rgin, bo‘lmasa, innaykiyin 
degin…
Ayni o‘rinda 
narsa
so‘zi emas, balki atayin 
mato
so‘zi 
qo‘llangan. 
Narsa
so‘zi uslubiy jihatdan xolis, 
mato
so‘zi esa ayni 
ma’nosi bilan xolis emas, ya’ni unda kamsitish bilan bog‘liq ma’no 
qirrasi mavjud, bu ma’no qirrasi 
titkilab
fe’l shakli bilan yana ham 
ta’kidlangan. Anorga boshqorong‘i bo‘lgan va erining anor olib 
kelishini intiq kutib o‘tirgan xotin nazarida, bu-ku arining uyasi – 


mumli asal ekan, toza asalning o‘zi ham narsa emas faqat mato. 
Hikoyaning umumiy intonatsiyasi, voqea rivoji ayni o‘rinda mato 
so‘zini boshqa sinonimi bilan almashtirishga imkon bermaydi.»
175
Mahoratli adib Cho‘lpon asarlaridan bunday holatlarni 
istagancha topish mumkin. Masalan, o‘zbek tilida 
o‘ramoq, 
burkamoq, chulg‘amoq, chirmamoq 
tarzidagi ma’nodosh so‘zlar 
qatori mavjud bo‘lib, 
burkamoq
so‘zida 
o‘ramoq
so‘ziga nisbatan 
o‘rash belgisi anchayin ortiq, ya’ni uning ma’no qurilishida «hech bir 
ochiq joyini qoldirmay» degan qo‘shimcha ifoda semasi mavjud. 
Shuning uchun ham ushbu parchada Cho‘lpon tegishli mazmun 
ifodasi uchun 
o‘ramoq
so‘zini emas, balki ayni 
burkamoq
so‘zini 
tanlash orqali tasvirdagi aniqlik va ekspressivlikni oshirishga 
muvaffaq bo‘lgan: 
Hali tuzuk-quruq odam qatoriga kirib yetmagan bu 
qizchani 
katta xotinlarning oriyat 
paranjisiga burkaganlar, 
paranjining uzun etaklari katta bir tugundek uning qo‘ltig‘ini 
to‘lg‘azardi
.
176
Shuning uchun ham mazkur o‘rindagi birliklarni 
sinonimi bilan yoki boshqa biror so‘z bilan almashtirib bo‘lmaydi. 
Almashtirilsa asar badiyatiga putur etadi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə