“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


 Makon va zamon birligi tamoyili



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   190
saparniyozova 0

2. Makon va zamon birligi tamoyili. 
3.Xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyili.
Tahlil usullari sifatida esa quyidagilar e’tirof etiladi:
1.Lisoniy tabdil usuli. 
2.Matn variantlarini qiyoslash usuli. 
3.Lug‘atlarga asoslanish usuli. 
4.Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli. 
1.Shakl va mazmun birligi tamoyili 
Borliqdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘lanish 
turlaridan biri shakl va mazmunning dialektikasidir. Shakl va 
mazmunning dialektik birligi tushunchasi har qanday matn uchun 
zaruriy xususiyat hisoblanadi. Faylasuflar mazmunga «muayyan narsa 
va hodisalarni tavsiflovchi ichki elementlar va o‘zgarishlarning 
majmui» deb baho beradilar. Shaklni esa «mazmunni ifodalash usuli, 
tashkil etuvchisi» sifatida talqin qiladilar. Shakl va mazmun bir-biri 
bilan 
shunday 
bog‘lanib ketganki, birida sezilgan nuqson 
ikkinchisidagi butunlikka putur yetkazishi mumkin. Shakl va mazmun 
muvofiqligi buzilsa, muallifning niyati to‘la namoyon bo‘lmay qolishi 
turgan gap. Bunda asosiy e’tiborni matn va uning janr xususiyati 
o‘rtasidagi muvozanatga qaratgan holda, matndagi lisoniy 
birliklarning matn tabiatiga mosligi masalasini ham diqqat markazidan 
qochirmaslik kerak. Masalan, qahramon ruhiyatidagi g‘azablanish 
holatini ifodalashda siqiq jumlalarning ishlatilishi, dag‘al va chet 
so‘zlarning qo‘llanishi kabilar ham mazkur tamoyil asosida 
tekshirilishi mumkin. Yoki muallif nutqini ko‘zdan kechiradigan 
bo‘lsak ijobiy qahramon tasvirida ko‘tarinki bir ruh, yorqin ranglar va 


yoqimli ifoda tarzini sezamiz. So‘zlar ham shunga mos tanlanadi. 
Salbiy qahramon tasvirida esa buning teskarisini kuzatamiz. Yuz-ifoda 
yoki fe’l-atvor tasvirida tund ranglar, bezgin ruh va yoqimsiz ifoda 
tarzi sezilib turadi. Insonning fe’l-atvori va qiyofasida ham ma’lum 
ma’noda muvofiqlikning bo‘lishi tabiiy hol. Yozuvchilar badiiy asar 
yaratishda bu muvofiqlikni yanada bo‘rttirib, yanada ta’kidlab 
ifodalashga harakat qiladilar. Shu orqali asarning ishonarliligini 
ta’minlaydi hamda kitobxon munosabatini shakllantirib boradi.
Mavzu bilan tanlangan janr o‘rtasidagi moslik shakl va mazmun 
birligi tamoyilining asosiy tekshirish obyektlaridan hisoblanadi.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə