“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Makon va zamon birligi tamoyili



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   190
saparniyozova 0

2.Makon va zamon birligi tamoyili 
Badiiy matnning til xususiyatlari tekshirilayotganida undagi har 
bir hodisaga makon va zamon birligi tushunchasini hisobga olib 
yondashish kerak. Har qanday asar davr va makon bilan bog‘liq holda 
yuzaga keladi. Tarixiy mavzudagi asar tilida muayyan zamon ruhini 
tashuvchi voqealarning qaysi makonda, qanday muhitda yuz 
berayotganini oydinlashtiruvchi leksik-grammatik birliklar ishtirok 
etadi. Makon va zamon birligi tushunchasi badiiy asargagina xos belgi 
emas. U har qanday matn ko‘rinishiga taalluqlidir. Ushbu tamoyil 
asosida tahlil olib borilayotganda matn yozilgan davr, matnda 
ko‘tarilagn mavzu va matn birliklarining tabiatiga qarab diaxron va 
sinxron aspektlardan biri tanlanishi kerak. Buni yirik so‘z san’atkori 
Abdulla Qahhor hikoyasidan olingan quyidagi parcha asosida ko‘zdan 
kechiramiz. 
-
Ha, sigiring yo‘qoldimi? 
-Yo‘q… sigir emas, ho‘kiz, ola ho‘kiz edi. 
Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho‘kiz edi?
-Ola ho‘kiz… 
-Yaxshi ho‘kizmidi yo yomon ho‘kizmidi? 
-Qo‘sh mahali… 
-Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa ketaberadimi? 
-Bisotimda hech narsa yo‘q… 
-O‘zi qaytib kelmasmikin?... Birov olib ketsa qaytib kela ber, 
deb 
qo‘yilmagan 
ekan-da. 
Nega 
yig‘lanadi? 
A? 
Yig‘lanmasin
!(Tanlangan asarlar. 1-tom. 33-b.). 
Bu suhbat qayerda, qaysi davrda, qanday odamlar o‘rtasida 
bo‘lib o‘tayotganligini keltirilgan ushbu kichik parchadan ham bilsa 


bo‘ladi. Savol ham qisqa, javob ham. Savol berish tarzida kibr
mensimaslik, voqelikka arzimas bir narsaga qarayotgandek beparvo 
munosabat seziladi. Piching, kesatiq va masxara ohangi aniq aks 
etgan. Javobdan esa qahramonning soddaligi, faqirligi anglashiladi. 
Suhbat amin huzurida bo‘lib o‘tyapti. Shunga muvofiq rasmiy nutq 
elementlaridan foydalanilgan.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə