“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Matn variantlarini qiyoslash usuli



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   190
saparniyozova 0

 
2.Matn variantlarini qiyoslash usuli. 
Bu usul orqali ma’lum 
asar matni boshqa variantlari bilan qiyoslanadi va lisoniy farqlarning 
mohiyati adib nuqtayi nazari, badiiy-estetik niyati hamda asar 
g‘oyasiga bog‘lab yoritiladi. Yozuvchining badiiy asar tili ustida 
ishlashini o‘rganishda, yozuvchi tuzatishlarni ayni bir mazmunni 
ifodalashga qaratilgan turli vositalarni aniqlashda va umuman 
yozuvchining tildan foydalanishdagi mohoratini belgilashda bu usul 
yaxshi samara beradi.
Masalan, «Navoiy» romanining qo‘lyozmasida:
-
Buvijon, - hayajonlanib so‘zladi Dildor, - ko‘rsangiz ayting, 
hech qanday yomon niyatda bo‘lmasin, tinch yursin
(600-b.).
Nashrda: –
Buvijon, - shivirladi u, - uni ko‘rsangiz ayting, hech 
qanday yomon niyatda bo‘lmasin, tinch yursin
(237-b.). 
Bu epizodda suhbat podshoh harami darvozasi yonida yuz 
beryapti. Vaziyat va ruhiy holat uyg‘unligi ikkinchi variantda aniq 
ko‘rinadi. Yoki G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asari qahramoni – 
Qoravoyning yoshi dastlabki nashrda 17, keyingi nashrda 14 deb 
175
Миртожиев М., Маҳмудов Н.
Тил ва маданият. –Т.: Ўзбекистон, 1992. 
176
Йўлдошев М
. Чўлпон сўзининг сирлари. –Т.: Маънавият, 2002. 


berilgan. Bunda ham qahramonning xatti –harakati va yoshi o‘rtasida 
muvofiqlik hisobga olingan.
Bu bevosita yozuvchining tuzatishlari. Shunday holatlar 
bo‘ladiki, asar matni noshirlar tomonidan yoki adabiyotshunoslar 
tarafidan atayin o‘zgartiriladi. «O‘tkan kunlar» romani bir necha 
o‘zgartishlar bilan nashr etib kelingani ko‘pchilikka ma’lum.
3.Lug‘atlarga asoslanish usuli.
Asar tili, ayniqsa, tarixiy 
mavzudagi 
asar 
yoki 
tarjima 
asarlarining 
til 
xususiyatlari 
tekshirilayotgan paytda tegishli lug‘atlarga murojaat qilish lozim 
bo‘ladi. Masalan, «Shayboniyxon» dostoni tilida qo‘llanilgan 
gudar, 
savash, sovut, sadoq, g‘ul, tuv, baydoq
kabi o‘sha davr ruhiyatiga mos 
harbiy atamalar ma’nosini bilish asarni puxta o‘rganishga yordam 
beradi. Bu-ku bir necha yuz yil oldingi asar ekan, o‘tgan asr 
boshlarida yozilgan asarlar uchun ham lug‘at tuzish oddiy ehtiyojga 
aylanib bormoqda. Masalan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar, 
Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li 
Cho‘lpon kabi shoir va yozuvchilarning asarlar uchun maxsus
so‘zlarning bevosita asarda reallashgan ma’nosiga asoslanib tuzilgan
lug‘atlar tayyorlanishi kerak. «O‘tkan kunlar»da har bir sahifa ostida 
ayrim tushunarsiz so‘zlarning izohi berib borilgan. Masalan, 
utta 
- u 
yerda; 
siporish
- topshiriq; 
muvofiquttab’
- ta’bga mos, munosib; 
ashrof
- e’tiborli kishilar, ulug‘lar; 
mushovir
- maslahatchi; 
musohib

hamsuhbat kabi. Bu faqat mazkur asardagina emas, boshqalarida ham 
shunday holat kuzatiladi. Shu bois adib asarlarining tiliga 
bag‘ishlangan maxsus lug‘at tayyorlanishi lozim.
J.Lapasovning «Badiiy matn va lisoniy tahlil» deb nomlangan 
qo‘llanmasida muayyan bir badiiy matnning lug‘atini tuzish bo‘yicha 
namunalar hamda lug‘at ustida ishlash bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar 
berilgan. Olim to‘g‘ri ta’kidlaganidek: «Badiiy matnning lisoniy 
tahlilini turli-tuman lug‘atlarsiz tasavvur qilish qiyin. Lug‘at ustida 
ishlash o‘quvchi va talabalarning so‘z boyligini, og‘zaki va yozma 
nutqini o‘stirishning eng muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi va 
shu lug‘at yordamida nafaqat so‘zlarning tub ma’nosini, balki 
ko‘chma ma’nolari, har bir so‘zning qaysi til unsuri ekanligi, 
etimologiyasi (so‘zning kelib chiqish tarixi va tadrijiy rivoji), tarkibi, 
ba’zan esa grammatik shakli bilan yaqindan tanishiladi.»

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə