“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   190
saparniyozova 0

 
Tahlil tiplari 
 
Badiiy matnni tahlil qilishning tamoyil va usullari bo‘lganidek, 
o‘ziga xos tiplari ham mavjud. Tahlilning maqsadi, yo‘nalishi va 
qamrovini asar hajmi jihatini hisobga olib ikkiga ajratish mumkin: 
tematik
va 
kompleks
tahlil.
1.Tematik tahlil 
deganda, biror bir badiiy asarni tilning bir 
jihati bo‘yicha va ma’lum tamoyil, usullar bo‘yicha tahlil qilish 
nazarda tutiladi. Tematik tahlil asosan, til sathlaridan biri bo‘yicha 
amalga oshiriladi. Masalan, Cho‘lponning «Kecha va kunduz» nomli 
romanini leksik-semantik jihatdan tahlil qilamiz, deylik. Asardagi 
lug‘aviy birliklar (ayrim so‘zlar, iboralar, maqollar, matallar, 
aforizmlar) ajratib olinadi. Lug‘aviy birliklar asar badiyatiga qay 
darajada xizmat qilishi, an’anaviy yoki individual ekanligi aniqlanadi. 


Matn komponentlarining birikish usullari alohida o‘rganiladi. Matn 
tiplari va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
 
2. Kompleks tahlil. 
Tilning barcha sohalariga xos birliklar va 
ularning muayyan bir asarda qo‘llanishini matnning umumiy 
mazmuni, janri, tarkibiy tuzilishi bilan o‘zaro bog‘liqlikda olib 
o‘rganish kompleks tahlilning asosini tashkil etadi. Bu xildagi tahlil 
umumfilologik yo‘nalish, mazmun va xarakter kasb etadi. Shuning 
uchun matnni tahlil qilishdan avval adabiyotshunoslik va tilshunoslik 
bilan aloqador sohalarning tamal qonuniyatlaridan albatta xabardor 
bo‘lishimiz kerak. Bunday tahlil xususiylikdan umumiylikka o‘tish 
tamoyiliga muvofiq olib boriladi. Kompleks tahlil biror bir ijodkorga 
bag‘ishlangan bo‘ladi. Bunday tahlilni bir asarni turli sathlar bo‘yicha 
yoki bir necha asarni bir sath bo‘yicha o‘tkazish mumkin. Masalan, 
Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani lingvopoetikasi (til 
sathlari bo‘yicha). Yoki Abdulla Qodiriy asarlari lingvopoetikasi. 
Bunda adib qalamiga mansub barcha asarlarning lisoniy xususiyatlari 
tekshiriladi va natijalar umumlashtirib tahlilga tortiladi. Bu oson ish 
emas. Shuningdek, bir yoki ikki kishining ishi ham emas. Adib 
asarlarini har taraflama tekshirish, tahlil qilish, shu kungacha qilingan 
barcha ishlarni bir joyga to‘plash, tasniflash, indeksli ma’lumotlar 
bazasini yaratish, zaruriy lug‘atlarni tayyorlash va boshqa ishlarni 
amalga oshirish jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan 
lingvopoetikaning faoliyat doirasiga kiradi. Adabiyotshunoslikda 
B.Fransning V.Shekspir asarlari tiliga bag‘ishlangan «Shakespeare 
grammatik» deb atalgan yirik hajmli asari alohida e’tiborga molik ish 
sifatida e’tirof qilinadi. Unda shoir ijodi tilning barcha sathlari 
bo‘yicha tahlilga tortiladi. Shu bilan birga ijtimoiy tuzum, shoirning 
falsafiy dunyoqarashi, hayot tarzi, shoirning zamondoshlarining 
shoirga munosabati yoki shoirning o‘z zamondoshlariga munosabati, 
davr bilan bog‘liq estetik tafakkur tarzi va hokazolar haqida ham 
ma’lumotlar berib boriladi. Mazkur tadqiqotdan faqatgina shoir 
asarlarining tili emas, balki o‘sha davr tili haqida ham noyob 
ma’lumotlarni olish mumkin.
177
Lekin shuni unutmaslik kerakki, 
badiiy asar tom ma’noda estetik voqelikdir. Uni tematik tahlil 
qilamizmi, kompleks tahlil qilamizmi bundan qat’i nazar, asarning 
177
Wellek R
. Edebiyat teorisi. –Izmir: Akademi kitabevi, 1993.


estetik hodisa sifatidagi mohiyatini nazardan chetda qoldirmasligimiz 
kerak.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə