“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   190
saparniyozova 0

 
 Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Matnni o‘rganishdagi lingvostatistik metodga izoh bering. 
2. Lingvostatistik metodlarning dunyo tilshunosligida 
qo‘llanilishi haqida ma’lumot bering. 
3. O‘zbekistonda lingvostatistik metodlarning qo‘llanilishi 
haqida ma’lumot bering. 
4. Matnni o‘rganishdagi lingvostatistik metod vositasida qanday 
chastotali lug‘atlar tuzilgan? 
5. O‘zbek tilshunosligida asosan qanday matnlar
lingvostatistik metodlar orqali tekshirilgan? 
 
MATNNING KOGNITIV-DISKURSIV TAVSIFIY 
XUSUSIYATLARI 
 
O‘quv qo‘llanmaning yuqoridagi sahifalarida matnning turlicha 
jihatlarini tadqiq qilish mumkinligi haqida fikr bildirildi. Keyingi vaqtda 
matnni ng kognitiv-diskursiv xususiyatlarini ham tadqiq qilish borasida 
ilmiy izlanishlar vujudga kelmoqda. Quyida shu haqida fikr 
yuritmoqchimiz. 
Ammo 
matnning 
kognitiv-diskursiv 
tavsifiy 
xususiyatlari borasida fikr bildirishdan avval kognitiv lingvistika, uning 
vujudga kelishi, asosiy tushunchalari va yo‘nalishlari xususida ma’lumot 
berish o‘rinli deb hisoblaymiz, chunki kognitiv lingvistika borasida 
o‘zbek tilida manbalar juda kam. 
 
Ризаев С
. Кибернетика ва тилшунослик. –Тошкент :Ўзбекистон, 1976, 16 б.
 


Til birliklari va “ular asosida yotuvchi bilim strukturalari” mental 
birliklardir, ular o‘zlarini belgilar sistemasi sifatida namoyon qilib,
borliqni anglashda va mavjud bilimlarni uzatishda faol ishtirok etadi. 
F. de Sossyur fikricha, belgilar sistemasi ifoda plani va mazmun planiga
ega bo‘lgan holda ma’lumotni muayyan shaklda uzatuvchi inson 
ishtirokini taqozo qiladi. An’anaviy lingvistikada, asosan, belgining 
ifoda plani va mazmun planiga e’tibor qaratilar edi, kommunikatsiya 
jarayonining realizatori bo‘lgan insonning o‘zi esa tadqiqotchilarning 
nazaridan chetda qolib keldi. Vaholanki, “ifoda plani ham mazmun plani 
ham ushbu jarayonni amalga oshirayotgan inson tomonidan tanlanadi”. 
185
Bu tanlov inson tomonidan uning falsafiy, ensiklopedik, etnografik, 
lingvokulturologik bilimlari, kommunikativ akt kechayotgan vaziyat
insonning emotsional holati va b. asosida amalga oshiriladi. Shu tariqa,
qiyosiy-tarixiy, struktur, funksional va kommunikativ lingvistika bilan 
bir qatorda kognitiv lingvistika ham shakllanib bordi. Kognitiv
lingvistika tilni “inson ongida fikrlarni shakllantiruvchi va ifodalovchi,
bilimlarni saqlovchi va tashkil qiluvchi vosita” sifatida o‘rganadi. 
186
Tilni shunday tushunish va uni tadqiq qilishga bo‘lgan bunday 
yondashuv

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə