“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


М о с к а л ь с к а я О.И



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   190
saparniyozova 0

М о с к а л ь с к а я О.И.
Грамматика текста. -Москва: Вс. школа,
 
1983. -С.78-96. 
218
 
Жўраев Т.
Ҳозирги ўзбек адабий тилида эпистоляр жанрнинг тили ва услубий 
хусусиятлари: Филол. фан. номз.... дис. автореф. – Самарқанд,1994; 
Сулаймонов М.
Дастхат 
эпистоляр жанрининг бир тури сифатида // Ўзбек тили ва адабиёти. –Тошкент, 2006. - №4. - Б. 85-88; 
Ч о р и е в а 3.
Абдулла Қодирийнинг «Ўткан кунлар» романидаги мактубларнинг луғавий-
маъновий ва услубий хусусиятлари: Филол. фан. номз. ... дис. автореф. – Тошкент, 2006. - 23 б. 


vositalarning o‘zgarib turish xususiyati xosdir. Lekin bunday o‘zgarishlar 
(variativlik)ning miqyosi turg‘un strukturali matnlarda, erkin strukturali 
matnlarga nisbatan bir oz chegaralangan. Uslubshunos
N.M.Razinkinaning ta’kidlashicha, matn kompozitsion tuzilishida
kuzatiladigan variativlikning miqyosi yoki darajasi matn mazmunida 
ifodalanayotgan mazmuniy-faktual axborot xarakteri bilan bog‘liqdir.
219
Ma’lumki, matn tarkibida doimo zohiriy ifoda topadigan 
mazmuniy-faktual axborot «atrofimizdagi haqiqiy yoki 
tasavvurdagi olamda bo‘lgan, bo‘layotgan, bo‘ladigan faktlar, voqea-
hodisalar, jarayonlar haqidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi». Turg‘un 
strukturali matnlarda bu turdagi axborot ko‘pincha bevosita voqelik bilan
bog‘liq bo‘lib, u ushbu voqelik haqidagi aniq ma’lumotlarni 
ifodalaydi. Shu sababli bayon qilinayotgan voqealar tipiklashtirilib, ular
qat’iy stereotip-qoliplar qamroviga olinadi. Erkin strukturali
matnlarda esa mazmuniy - faktual axborot bayoni unchalik qat’iy 
qoliplashmagan, ularning variativlik imkoniyatlari kengroq. Bunday holatni 
biz, ayniqsa, badiiy matnlar kompozitsion tuzilishida aniqroq kuzatamiz. 
Yagona bir syujet yoki fabulani turli strukturaviy hajmda yoki 
kompozitsion tuzilishda bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan
badiiy matnda mazmuniy-faktual informatsiya asar mazmunining
denotativ-referentiv qobig‘ini tashkil qiladi. Badiiy asar mazmunining 
asosiy negizini esa «badiiy-estetik xaraktyerdagi axborot», ya’ni 
mazmuniy-faktual informatsiya vositalari bilan tavsiflangan hodisalar 
o‘rtasidagi munosabatlarning muallif nigohidagi talqini,
bu munosabatlarning sabab-oqibat aloqalari, ularning ijtimoiy-
madaniy qimmatining muallif tomonidan anglashinilishini taqozo etuvchi 
mazmuniy konseptual axborot tashkil qiladi. Qisqaroq aytadigan
bo‘lsak, mazmuniy-konseptual axborot subyektning borliqni idrok 
etishi natijasida hosil bo‘lgan g‘oya, fikrning individual talqinidir.
Ushbu turdagi axborot ilmiy-ommabop asarlar matnida aniq lisoniy 
birliklar vositasida ifodalanadi, badiiy matnda esa mazmuniy-konseptual 
axborotni anglash uchun u «to‘g‘ridan-to‘g‘ri verbal ifodalamaganligi 
uchun» retsipient tafakkur yuritishi, ya’ni «aqliy faoliyat» amalini 
bajarishi lozim bo‘ladi.
Haqiqatan ham badiiy asar mazmunining negizini tashkil qiluvchi 
mazmuniy-konseptual 
axborot 
zohiran 
ifodalanmaydi. 
Bunday 
219

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə