mazmuni shakllanish jarayonida tutgan o‘rnining muhimligi yana
shundaki, matn semantikasi lisoniy faoliyatning
ikki muhim qismi
bo‘lgan nomlash va kommunikatsiyani bir xilda qamrab oladi.
Shuning uchun ham matn mazmuni tahlili voqelikdagi vaziyatlarni
lisoniy ifodalash, ya’ni nomlash bilan chegaralanib qolmasdan, balki
muloqot jarayonida yuzaga keladigan matn mazmuni,
boshqacha
aytganda, inson faoliyati haqidagi axborotlarning ifodalanishini ham
qamrab olishi lozim.
G.V.Kolshanskiyning
matn
mazmunini
nominativ
va
kommunikativ vazifalar uyg‘unligida qarash lozimligi haqidagi
fikrlari matn hodisasini kognitiv tilshunoslik
nuqtayi nazaridan tahlil
qilish jarayonida o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ma’lumki, shu paytgacha,
ayniqsa, matn grammatikasi doirasida, asosiy e’tibor matnning ichki
tuzilishiga va ushbu tuzilishning mazmun-ma’no shakllanishiga,
ta’siriga oid muammolarga qaratilib kelinmoqda edi,
endilikda esa
diqqat-e’tibor matnning mazmunan va shaklan yaratilishi hamda
uning mazmunini idrok etish masalasiga ko‘chdi.
Matnning yaratilishi va mazmunining to‘g‘ri qabul qilinishi -
kognitiv va nutqiy-kognitiv faoliyat natijasidir.
Bu faoliyat dinamik
xususiyatga ega bo‘lganidek, uning mahsuli bo‘lgan matn ham
turg‘un (statik) holatda qolmaydi. Ma’lum bir gaplar zanjiri haqiqiy
matnga aylanishi uchun uni yaratuvchi va qabul qiluvchi shaxs bilan
aloqada, munosabatda bo‘lmog‘i darkor.
Matn inson tomonidan
yaratiladi va idrok etiladi. Insondan alohida qaralayotgan matn «hech
qanday ichki energiyaga ega emas».
Matn mazmuni hodisasini to‘liq yoritish uchun matn qismlarining
o‘zaro birikishi, yaxlitlikni hosil qiluvchi omillar (kogeziya,
kogerentlik kabilar)ni sanab o‘tishning o‘zi yetarli emas. Matn
mazmunining shakllanishi uni yaratuvchi shaxsning kognitiv va
kommunikativ qobiliyati bilan bog‘liq.
Xuddi shuningdek, retsipient
ham ushbu qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Bu ikki tomonning
kognitiv-kommunikativ qobiliyati va imkoniyati
keskin farq qilgan
taqdirda mazmun noto‘g‘ri idrok etiladi, natijada ko‘zlangan
kommunikativ maqsad amalga oshmaydi.
Shunday qilib, matn mazmuni hodisasining har tomonlama, shu
jumladan, kognitiv-kommunikativ yo‘nalish
doirasida tahlil qilinishi
faqat nazariy ahamiyatga ega bo‘lmasdan, balki lisoniy faoliyat
amaliyoti uchun ham muhimdir.
Dostları ilə paylaş: