Vengriyalik olim Z.Kano nemis tilshunosi X.Izenbergning
fikrlariga suyangan holda
matnning chegaralanganligi, yopiqligi
haqidagi masala matn nazariyasining asosiy masalalaridan biri
ekanligini aytadi.
Uningcha, agar matnning har ikki tomonidan
qandaydir bir tarzda yopiq ekanligini isbotlab bo‘lmasa, maxsus til
strukturasi bo‘lgan matn haqida gapirish mushkul.
65
Shubhasizki,
matn alohida va mustaqil birlik bo‘la olishi uchun uning boshlanish va
tugallanish chegarasi bo‘lishi shart, ana shu ikki tomondan bo‘ladigan
chegaralar orasidagi qism yaxlit butun bo‘la oladi.
Shuning uchun
ham aksariyat matn tadqiqotchilari bog‘lanishlilik va yaxlitlikning
matnning ontologik xususiyatlari sirasiga kiritishni ma’qul deb
biladilar. Ayni paytda ular yaxlitlik, eng avvalo, mazmuniy kategoriya
bo‘lsa-da, ham sintaktik, ham ma’noviy bog‘lanishlilikka
asoslanishini ta’kidlaydilar.
66
Ammo
shuni ham aytmoq kerakki,
sintaktik bog‘lanishlilik ham ma’noviy-mazmuniy bog‘lanishliliksiz
yuzaga chiqa olmaydi. Shunga ko‘ra bog‘lanishlilikni ham, yaxlitlikni
ham matnning mazmuniy-sintaktik kategoriyasi sifatida baholash
maqsadga muvofiq. O.I.Moskalskaya matnning yaxlitligi,
uni tashkil
etuvchi unsurlarning zich bog‘langanligi hozirgi tilshunoslikda
matnning kogerentligi (lotincha cohaerens – bog‘li, o‘zaro
bog‘langan) nomini olganligini, bu tushuncha
molekulyar fizikadagi
kogeziya (ya’ni molekulalarning jismda bir-biri bilan qo‘shilishi)
termini bilan ham juda obrazli bir tarzda ifodalanishini aytadi va
shunday yozadi: “Matnning kogerentligi faqat mazmuniy hodisa emas.
U bir paytning o‘zida o‘zaro shakl, mazmun va funksiya
munosabatida bo‘luvchi
struktur, mazmuniy va kommunikativ
yaxlitliklar sifatida namoyon bo‘ladi”. Matnning alohida oliy
kommunikativ birlik sifatida yashashi ham ana shunga ko‘radir.
Bog‘lanishlilik va
yaxlitlikni matnning ontologik, ya’ni mavjudlik
belgisi deb ta’kidlanishi ham bejiz emas.
O‘zbek tilidagi matn muammolari bilan muntazam shug‘ullanib
kelayotgan A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham matn
tarkibidagi bog‘lanishlilikka, grammatik
va mazmuniy umumiylikka
ko‘ra uzvlarning birikuviga alohida urg‘u beradilar: “Matn -
65
Каньо З.
Заметки к вопросу о начале текста в литературном повествовании / Семиотика и
художественное творчество. -М.: Наука, 1977, с. 229.
66
Dostları ilə paylaş: