“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   190
saparniyozova 0

Тураева З.Я.
Категория времени. Время грамматическое и время художественное. -М.: 
Высшая школа, 1979, с. 35.
60
Колшанский Г.В. 
Контекстная семантика. -М.: Наука,1980, с. 62; 
Дридзе Т.М.
Язык и 
социальная психология. –М.: Высшая школа, 1980, с. 49.. 


maqsadga muvofiqmi? Til sistemasining fonologik – morfologik – 
leksik – sintaktik sathlar tarzidagi ierarxiyasining davomi - yuqori 
pog‘onasi sifatida matn sathi ajratilsa, bu sath sintaktik sathdan 
tamomila farqli bir sath maqomida bo‘lib qoladi. Aslida bu sathda 
ham sintaktik mohiyat mavjud. Zotan, sintaksisning faqat gap
doirasi bilan cheklanishi to‘g‘ri emasligi, umuman, “sintaksis nutq 
tuzish haqidagi fan” (O.V.Dolgova) ekanligi e’tirof etilar ekan, 
tabiiyki, matnni sintaksisdan tamoman tashqariga chiqarib bo‘lmaydi. 
Rus tilshunosi G.A.Zolotova “Matn sintaksisi” ilmiy maqolalar 
to‘plamiga mas’ul muharrir sifatida yozgan kirish so‘zida shunday 
ta’kidlaydi: “Tabiiyki, sintaksis so‘zi matnga nisbatan tor grammatik 
ma’noda emas, balki anchayin keng ma’noda qo‘llanadi. Chunki 
bunda gap doirasidan tashqariga chiqadigan aloqalar ham, ayni paytda 
nutqiy butunliklar va ularni tashkil etuvchi qismlar konstruktivligi, 
bog‘langanligi belgilarining realizatsiyasi ham nazarda tutiladi. 
To‘plamda gap sintaksisining matn sintaksisi bilan munosabati 
masalalari ham ko‘tarilgan”.
61
Ana shularni inobatga olganda, til sistemasining oliy sathi 
sifatida ajratiladigan sathni matn sathi deb emas, balki makrosintaktik 
sath deb nomlash maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Demak, matn til 
strukturasida alohida – oliy sintaktik sath bo‘la oladi. Umuman, til 
sistemasidagi sathlarning pog‘onalanishini quyidagicha ko‘rsatish 
mumkin: fonologik sath – morfologik sath – leksik sath – 
mikrosintaktik sath – makrosintaktik sath Matn ana shunday 
makrosintaktik sathga oid hodisa sifatida benihoya murakkab va 
o‘ziga xos butunlikdir. Shuning uchun ham matn lingvistikasi 
muammolari bilan shug‘ullangan olimlar tomonidan matnning turlicha 
ta’riflari ilgari surilgan. Benihoya katta miqdordagi lingvistik 
adabiyotlarda 
bir-biridan 
anchayin 
keskin 
farqlanadigan 
definitsiyalarni ham uchratish mumkin. Misol tariqasida yuqorida 
tahlil etib o‘tganimiz - matnning yozma yoki og‘zakiligi, uning tilga 
yoki nutqqa oidligi haqidagi bahslarni eslashning o‘zi kifoya. Mazkur 
ta’riflarda bu murakkab va serqatlam butunlikning barcha jihatlari 
to‘lasicha qamrab olingan, unga xos mohiyat har taraflama va xolis 
ochib berilgan, yagona, yaxlit umumlashmalar qilingan deyishga hali 
erta. Z.Y.Turayeva juda o‘rinli qiyoslaganidek, “so‘z” va “gap” 
tushunchalarini ta’riflashga urinish necha asrlardan beri davom etib 
61

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə