“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Баранов М.Т., Костяева Т.А., Прудникова А.В



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190
saparniyozova 0

Баранов М.Т., Костяева Т.А., Прудникова А.В.
Русский язык. –М.: Просвещение, 1989, с. 
263.
Абрамова С.В.
Выражение связного текста в научной литературе на испанском языке / 
Лингвостилистические особенности научного текста. –М.: Наука, 1981, с.67-68. 


tadqiqotlar tasdiqlashini aytadi. U shunday deb yozadi: “Gap 
predikatsiyaning, ya’ni nutqning nominativ mazmunini real voqelikka 
nisbatlashning ifodachisi ekanligi haqidagi haqiqatni esga olishimiz 
bilan bu narsa oydin bo‘ladi-qo‘yadi. Matnning gapga alternativalar 
sifatida 
ko‘rsatilayotgan 
“haqiqiy” 
birliklaridan 
birontasi 
predikatsiyani ifodalovchi o‘z vositalariga ega emas. Bu shuni 
bildiradiki, matn gapdan tashqarida hukm va xulosalarni ifodalay 
olmaydi, ya’ni matn olamni anglangan holda aks ettirishning 
to‘laqonli vositasi bo‘lib xizmat qilish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi.” 
Bunga o‘xshash fikrni boshqa tadqiqotchilarning ishlarida ham 
ko‘rish mumkin. Masalan, rus tilshunosi G.V.Kolshanskiy gap 
subyekt-predikat munosabatini ifodalashi bilan matnda mazmunning 
mantiqiy fikr sifatida shakllanishiga imkon beruvchi mazmuniy-
struktur birlik bo‘lishini, gap “matnning asosiy (bazis) operativ 
unsuri” ekanligini alohida ta’kidlaydi.
78
Aytish mumkinki, matnning 
mazmuniy tarkibini, bu mazmunning obyektiv olam bilan 
nisbatlanishini, demakki, to‘g‘ri anglanishini gapsiz tasavvur etish 
mushkul. 
Ko‘rinadiki, gapning matn sistemasidagi o‘rnini, ayniqsa, uning 
matn hosil qilish qobiliyatini aslo inkor etib bo‘lmaydi. Gapning matn 
hosil qilish xususiyati haqida gapirganda, mutaxassislar rus ritorikasi 
namoyandalaridan biri I.Davidovning “Gap dondir, undan butun asar 
unib chiqadi” tarzidagi juda obrazli qilib aytgan (1838 -yilda) gapini 
eslashadi.
79
Umuman aytganda, gap matn hosil bo‘lishida o‘ziga xos 
materialdir. Ana shular hisobga olinsa, matn birliklari sifatida 
supersintaktik butunliklar bilan bir qatorda erkin gaplarni tan olgan 
holda har qanday gapni ham ana shunday birliklar ichida qarash 
maqsadga muvofiq. 
Matn lingvistikasi, xususan, matn birliklarini belgilashdagi eng 
munozarali va behad ko‘p tadqiq etilgan masalalardan biri abzasning 
mohiyati, tabiati va matn tarkibidagi maqomi masalasidir. Bu borada 
rus va Yevropa filologiyasida juda katta miqdordagi ilmiy ishlar 
yaratilgan. Ularning aksariyatida abzas va supersintaktik butunliklar 
o‘rtasidagi munosabat, umumiy va farqli jihatlar, ularning matndagi 
ahamiyatlilik darajasi kabi masalalar borasida bahs yuritiladi. Ammo 
78

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə