(semantik, grammatik va kompozitsion-stilistik) ishlab chiqqan. Shu
asosda matndagi bir
kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga
o‘tilishi supersintaktik butunlikning strukturasini belgilovchi
omillardan biri ekanligini, bu butunlikni tashkil etuvchi nisbiy
mustaqil gaplar orasida mustahkam semantik-grammatik aloqa
mavjudligini, ayni shu aloqa supersintaktik
butunlikning semantik-
struktural yaxlitligini ta’minlashini juda to‘g‘ri ta’kidlagan.
Tabiiyki, supersintaktik butunlikning shakllanishida gaplar
ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin ikki yoki undan
ortiq gapning o‘zaro birikib, muayyan bir butunlikni shakllantirishi
shunchaki bir oddiy jarayon emas, balki benihoya murakkab va
serqatlam
hodisadir.
Ana
shunday
gaplar
yig‘indisini
yaxlitlashtiradigan bir qator omillar mavjud. Ayni shu masala borasida
fikr
yuritgan
tadqiqotchilarning
aksariyati
(I.R.Galperin,
O.I.Moskalskaya,
Z.Y.Turayeva,
L.M.Loseva,
A.Mamajonov,
M.To‘xsanov, M.Abdupattoyev va boshqalar)
yagona kichik
mavzuning mavjudligi, shu asosda gaplar mazmunining umumiyligi
va o‘zaro uyg‘unligi, semantik-grammatik va kommunikativ yaxlitlik
kabi jihatlarni ana shunday omillar sifatida qayd etadilar. Masalan,
quyidagi parchada mazkur omillarning barchasi mavjud, shuning
uchun ham uni alohida supersintaktik butunlik deyish mumkin:
Kishi
ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga
tushadirkim, albatta, buni biz qattiq qo‘rqqandan deb bilamiz.
Darhaqiqat, bizning qarshimizga yo‘lbars chiqsa, biz qattiq
qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lim kutadir, inson uchun dunyoda o‘limdan
qo‘rqinch narsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy
hisoblaymiz. Ammo qizig‘i shundakim, bizni dunyo baxti kutganda,
bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lim kutgandagi holga
tushamiz va uzviy tashkilotimiz birinchidagi holatni kechiradir
(A.Qodiriy, “O‘tgan kunlar”).
Aytish mumkinki, supersintaktik butunliklarning
matn birligi
ekanligi haqida hech bir munozara yo‘q. Ular, shubhasiz, matning
asosiy birligidir.
Ayrim tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga
kirmaydigan yakka gaplar ham mavjudligini aytadilar va ularni
“erkin” gaplar sifatida baholaydilar,
shu asosda erkin gaplarni
supersintaktik butunliklar qatorida matn birliklari deb hisoblaydilar.
A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham bu fikrni qo‘llab-
quvvatlaydi va o‘zbek tili matnidagi ana shunday erkin gaplarni tahlil
qiladilar, Said Ahmadning “Ufq” romanidan olingan quyidagi misolni
keltiradi:
Dala toshni kuydirgan saraton haroratini bag‘riga yashirgan
o‘sha mash’um tutzor, azamat yigitning pahlavon ko‘ksiga bosh
qo‘ygan qoq tush pallasi...
U damlar Dildorga katta baxt, tush kabi shirin hayot va’da
qilgandi. Aldangan qiz hamon tush pallasi o‘zini unutgan
daqiqalarning dardini tortardi.
Ayol kishiga vafo degan narsa qanchalar qimmatga tushishini
ko‘plar hali bilmaydi.
Dildor hech kimni qoralay olmasdi. Faqat birgina o‘zim
aybliman deb bilardi. Agar u Nizomjonga bevafolik qilmaganda, bu
kunlar boshiga tushmasdi.
Mualliflar ostiga chizilgan gapni ikkita abzasdan iborat birinchi
supersintaktik
butunlikka ham, oxirgi abzas shaklidagi ikkinchi
supersintaktik butunlikka ham kirmasligini, shuning uchun ham erkin
gap ekanligini ta’kidlaydilar. Aytish mumkinki, matndagi bunday
erkin gaplar mazmuniga ko‘ra ko‘proq muallif izohi, muayyan yaqin
mavzuni eslatishi, lirik chekinishi kabilarni ifodalashga xizmat qiladi.
Ba’zi tilshunoslar gapni uzil-kesil “matnning minimal birligi”
deb hisoblaydilar.
77
Bu munosabat bilan M.Y.Bloxning
mulohazalari alohida
e’tiborga molik. Uning fikricha, yaxlit tekst strukturasining bevosita
elementi faqat frazadan katta birlik (bizningcha, supersintaktik
butunlik), ya’ni gaplarning qo‘shilmasigina emas, balki ayni paytda
matn tuzuvchi tomonidan mazmunan muhim maqomga qo‘yilgan
alohida gaplar hamdir. Bunday gaplarning ayni maqomi monologik
yozma nutqda ularni alohida abzas sifatida ajratishni taqozo etadi. Bu
fikrida u yuqorida aytilgan erkin gaplarni nazarda tutganday tuyuladi.
Ammo M.Y.Blox har qanday gapning
matn tarkibidagi favqulodda
ahamiyatiga e’tiborni qaratadi. U aynan matn qurilishi nuqtayi
nazaridan gap ifodalashning eng muhim (kardinal) unsuri ekanligini
turli shakl va maqsadlardagi nutq (og‘zaki, yozma, kundalik,
professional, sokin, emotsional va sh.k.)ni kuzatish asosidagi
77
Dostları ilə paylaş: