“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190
saparniyozova 0

Мамажонов А.
Йирик синтактик бирликлар // Ўзбек тили ва адабиёти, 1980, №5, 62-б. 
74
Мамажонов А.
Текст лингвистикаси. –Тошкент, 1989, 27-б. 
75
Расулов И.
Мураккаб синтактик бутунлик // Ўзбек тили ва адабиёти, 1983, №1, 22-б.; 
Шомақсудов А., Расулов И.
Ўзбек тили стилистикаси. -Тошкент: Ўқитувчи, 1983, 223-227-б. 
76
Абдупаттоев М.Т.
Ўзбек матнида суперсинтактик бутунликлар: Филол. фан. ном. ...дисс. 
автореф. -Тошкент, 1998. 


(semantik, grammatik va kompozitsion-stilistik) ishlab chiqqan. Shu 
asosda matndagi bir kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga 
o‘tilishi supersintaktik butunlikning strukturasini belgilovchi 
omillardan biri ekanligini, bu butunlikni tashkil etuvchi nisbiy 
mustaqil gaplar orasida mustahkam semantik-grammatik aloqa 
mavjudligini, ayni shu aloqa supersintaktik butunlikning semantik-
struktural yaxlitligini ta’minlashini juda to‘g‘ri ta’kidlagan. 
Tabiiyki, supersintaktik butunlikning shakllanishida gaplar 
ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin ikki yoki undan 
ortiq gapning o‘zaro birikib, muayyan bir butunlikni shakllantirishi 
shunchaki bir oddiy jarayon emas, balki benihoya murakkab va 
serqatlam 
hodisadir. 
Ana 
shunday 
gaplar 
yig‘indisini 
yaxlitlashtiradigan bir qator omillar mavjud. Ayni shu masala borasida 
fikr 
yuritgan 
tadqiqotchilarning 
aksariyati 
(I.R.Galperin, 
O.I.Moskalskaya, 
Z.Y.Turayeva, 
L.M.Loseva, 
A.Mamajonov, 
M.To‘xsanov, M.Abdupattoyev va boshqalar) yagona kichik 
mavzuning mavjudligi, shu asosda gaplar mazmunining umumiyligi 
va o‘zaro uyg‘unligi, semantik-grammatik va kommunikativ yaxlitlik 
kabi jihatlarni ana shunday omillar sifatida qayd etadilar. Masalan, 
quyidagi parchada mazkur omillarning barchasi mavjud, shuning 
uchun ham uni alohida supersintaktik butunlik deyish mumkin: 
Kishi 
ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga 
tushadirkim, albatta, buni biz qattiq qo‘rqqandan deb bilamiz. 
Darhaqiqat, bizning qarshimizga yo‘lbars chiqsa, biz qattiq 
qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lim kutadir, inson uchun dunyoda o‘limdan 
qo‘rqinch narsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy 
hisoblaymiz. Ammo qizig‘i shundakim, bizni dunyo baxti kutganda, 
bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lim kutgandagi holga 
tushamiz va uzviy tashkilotimiz birinchidagi holatni kechiradir
(A.Qodiriy, “O‘tgan kunlar”). 
Aytish mumkinki, supersintaktik butunliklarning matn birligi 
ekanligi haqida hech bir munozara yo‘q. Ular, shubhasiz, matning 
asosiy birligidir. 
Ayrim tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga 
kirmaydigan yakka gaplar ham mavjudligini aytadilar va ularni 
“erkin” gaplar sifatida baholaydilar, shu asosda erkin gaplarni 
supersintaktik butunliklar qatorida matn birliklari deb hisoblaydilar. 
A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham bu fikrni qo‘llab-


quvvatlaydi va o‘zbek tili matnidagi ana shunday erkin gaplarni tahlil 
qiladilar, Said Ahmadning “Ufq” romanidan olingan quyidagi misolni 
keltiradi:
Dala toshni kuydirgan saraton haroratini bag‘riga yashirgan 
o‘sha mash’um tutzor, azamat yigitning pahlavon ko‘ksiga bosh 
qo‘ygan qoq tush pallasi... 
U damlar Dildorga katta baxt, tush kabi shirin hayot va’da 
qilgandi. Aldangan qiz hamon tush pallasi o‘zini unutgan 
daqiqalarning dardini tortardi. 
Ayol kishiga vafo degan narsa qanchalar qimmatga tushishini 
ko‘plar hali bilmaydi. 
Dildor hech kimni qoralay olmasdi. Faqat birgina o‘zim 
aybliman deb bilardi. Agar u Nizomjonga bevafolik qilmaganda, bu 
kunlar boshiga tushmasdi. 
Mualliflar ostiga chizilgan gapni ikkita abzasdan iborat birinchi 
supersintaktik butunlikka ham, oxirgi abzas shaklidagi ikkinchi 
supersintaktik butunlikka ham kirmasligini, shuning uchun ham erkin 
gap ekanligini ta’kidlaydilar. Aytish mumkinki, matndagi bunday 
erkin gaplar mazmuniga ko‘ra ko‘proq muallif izohi, muayyan yaqin 
mavzuni eslatishi, lirik chekinishi kabilarni ifodalashga xizmat qiladi. 
Ba’zi tilshunoslar gapni uzil-kesil “matnning minimal birligi” 
deb hisoblaydilar.
77
Bu munosabat bilan M.Y.Bloxning mulohazalari alohida 
e’tiborga molik. Uning fikricha, yaxlit tekst strukturasining bevosita 
elementi faqat frazadan katta birlik (bizningcha, supersintaktik 
butunlik), ya’ni gaplarning qo‘shilmasigina emas, balki ayni paytda 
matn tuzuvchi tomonidan mazmunan muhim maqomga qo‘yilgan 
alohida gaplar hamdir. Bunday gaplarning ayni maqomi monologik 
yozma nutqda ularni alohida abzas sifatida ajratishni taqozo etadi. Bu 
fikrida u yuqorida aytilgan erkin gaplarni nazarda tutganday tuyuladi.
Ammo M.Y.Blox har qanday gapning matn tarkibidagi favqulodda 
ahamiyatiga e’tiborni qaratadi. U aynan matn qurilishi nuqtayi 
nazaridan gap ifodalashning eng muhim (kardinal) unsuri ekanligini 
turli shakl va maqsadlardagi nutq (og‘zaki, yozma, kundalik, 
professional, sokin, emotsional va sh.k.)ni kuzatish asosidagi 
77

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə