“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   190
saparniyozova 0

Степанов Г.В.
Язык. Литература. Поэтика. –М.: Наука, 1988, с. 137. 
Звегинцев В.А.
О 
цельнооформленности единиц текста // Изв. АН СССР. Сер. лит-ры и языка. 1980, N 1, с. 13-24.


sintaksisning tekshiruv obyekti. Sintaktik hodisa sifatida matn maxsus 
leksik-grammatik va umumiy mazmun talabi bilan birikkan birdan 
ortiq mustaqil gap turlarining yig‘indisidan iborat. Matn o‘ziga xos 
murakkab sintaktik strukturaga ega bo‘lgan nutqning eng yirik 
ifodasidir”.
67
Tilshunoslikda matnga berilgan juda ko‘p va xilma-xil 
ta’riflarning deyarli barchasida ayni shu bog‘lanishlilik va yaxlitlik 
belgisi u yoki bu tarzda o‘z ifodasini topgan. Masalan, nemis 
tilshunosi 
V.Dressler 
“Matn sintaksisi” nomli maqolasiga 
X.Vaynrixning “Matn – bu, shubhasiz, shunday butunlikki, unda 
barcha narsa o‘zaro bog‘langandir” shaklidagi ta’rifini epigraf qilib 
olgan.
68
Yoki boshqa bir tadqiqotchining matnga bergan ta’rifi mana 
bunday: “Yaxlitlikni nazarda tutgan holda zamon yoki makonda 
joylashtirilgan 
gaplarning 
har 
qanday 
ketma-ketligi 
matn 
hisoblanadi”.
69
V.A.Zveginsev bir-biri bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan 
gaplarni bir butunlik tarzida birlashtrib bo‘lmasligini, agar shunday 
holatdagi gaplar birlashtirilsa, mutlaqo sun’iy nutq yoki matn paydo 
bo‘lishini, uning nutq mantig‘idan tashqarida qolishini aytadi.
70
Zotan, 
ona tili ta’limida ham o‘quvchilarda bog‘li nutq tuzish malakasini 
shakllantirishda ana shu nutq mantig‘iga ayricha ahamiyat berilishi 
tasodifiy emas.
Chindan ham, ta’kidlab o‘tilganidek, struktur, mazmuniy va 
kommunikativ yaxlitliklarni o‘zida mujassam etmagan nutq yoki nutq 
parchasi matn maqomini ola olmaydi. Quyidagi ikki parchani 
qiyoslaylik:
71
I. 
Jon do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan 
kechmas. Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Ra’noning 
yerga qaragan ko‘zi sekingina Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di. 
Hammaning ko‘zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. 
Humoyun hamma dardini aytib ko‘nglini bo‘shatsin uchun Xonzoda 
begim uning so‘zini bo‘lmay toqat bilan jim tingladi. Chol podshoning 
oldiga borib, savoliga javob beribdi.
67

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə