“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   190
saparniyozova 0

Бенвенист Э. 
Уровни лингвистического анализа / Новое в лингвистике. Вып.4. -М.: Изд-во 
иностранной лит-ры, 1965.-С.446-447. 
58
Блох М.Я.
Теоретические основы грамматики. –М.: Высшая школа, 1986, с. 47. 


tamoyillaridan biri til strukturasini bilim strukturasi bilan qiyoslash 
bo‘lishi mumkinligini aytadi. Uningcha, insoniyat to‘plagan 
bilimlarning hajmi favqulodda ulkan va bu bilim muayyan 
tarkiblanishga ega. Bilim strukturasi modelida eng yuqori 
umumlashgan sathni shartli ravishda “dunyo haqidagi jami bilim” 
deyish mumkin. Dunyo haqidagi jami bilim konkret fanlar bilim 
sohasiga (tilshunoslik, fizika kabi), shuningdek, kundalik turmush 
bilimlariga ajraladi, bu eng yuqoridan keyingi quyi sath bo‘ladi. Har 
qanday bilim sohasidagi konkret bilim hamisha tarkiblangan bo‘ladi. 
U ayrim ilmiy qoidalar (nazariyalar) va faktlar – mazkur modelda 
yana bir sathni tashkil etuvchi “bilim fragmentlari”dan tarkib topadi. 
Bilim fragmentlari, o‘z navbatida, mazkur modelda yana bir alohida 
sathni tashkil etuvchi ayrim hukmlar – muayyan obyektlar va ular 
o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlardan tuziladi. Hukmlar esa 
bilimning yanada quyi sathini yuzaga keltiruvchi tushunchalar – 
obyektlar yoki ular o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi elementar 
bilimlardan hosil bo‘ladi. Tushunchalar, o‘z navbatida, keyingi sath 
elementlarini yuzaga keltruvchi tugallanmagan tushunchalar – obyekt 
yoki munosabatlar haqidagi tugallanmagan bilimlardan tashkil topadi. 
Keyingi, aytish mumkin bo‘lsa, so‘nggi sath esa tushunchalarni 
farqlash sathidir. 
Ana 
shu 
mulohazalardan 
keyin 
O.L.Kamenskaya 
til 
kommunikatsiya vositasi sifatida ayni paytda bilimni namoyon qilish 
(obyektivatsiya) usullaridan biri ekanligiga suyangan holda, “til 
sistemasi strukturasi muayyan darajada bilimning umumlashgan 
strukturasi bilan o‘xshash bo‘lishi tabiiy”ligini ta’kidlaydi. U shu 
asosda bilim strukturasidagi pog‘onalashtirish bilan til sistemasidagi 
pog‘onalashtirish o‘rtasida mutanosiblik borligini aniqlaydi. Buni u 
quyidagi jadval shaklida umumlashtirgan:
Sath 

B i l i m s a t h l a r i 
T i l s a t h l a r i 

Dunyo haqidagi jami bilim 
Matnlarning butun jami 

Bilim sohasi 
Matnlar turkumi 

Bilim fragmenti 
Matn 

Hukm 
Gap 

Tushuncha 
Leksik 

Tugallanmagan tushuncha 
Morfologik 



Tushunchalarni farqlash 
Fonologik 
Ko‘rinib turganiday, O.L.Kamenskaya tegishli bilim sathlariga 
mutanosib ravishda til sistemasida yyettita sathni farqlaydi. Ammo bu 
mulohazalarda muayyan mantiq mavjud bo‘lsa-da, “matnlarning 
butun jami” va “matnlar turkumi” ni alohida eng yuqori til sathlari 
sifatida ajratish munozaralidir. O‘ylab ko‘rilsa, “matnlarning butun 
jami” degani umuman til degani bo‘lib chiqadi, “matnlar turkumi” esa 
u yoki bu sohaning tili (uslubi)ni nazarda tutayotganini sezmaslik 
mumkin emas. Tilning sathlari haqida gap borar ekan, tilning o‘zini 
ham alohida, mustaqil pog‘ona tarzida talqin etish, har holda, 
muayyan bir sistema birliklarini pog‘onalashtirish mantig‘iga zid 
ekanligini isbotlashning hojati yo‘q.
Bu o‘rinda shuni ham eslab o‘tish mumkinki, Amerika 
deskriptiv tilshunosligining ba’zi vakillari ishlarida matn til strukturasi 
sathlari qatoriga kiritilmaydi, ularning ba’zi birlari esa matn 
strukturasini til strukturasi bilan tenglashtiradilar.
59
Albatta, bunday 
qarash ham munozaralidir, agar til strukturasi matn strukturasi bilan 
teng deb qaralsa, unda til deyiladigan benihoya murakkab va o‘ziga 
xos sistema juda jo‘n va kichik bir narsaga aylanib qolgan bo‘lardi. 
Matn har qanday nutqiy kommunikatsiyaning bosh, oliy birligi 
sifatida muayyan bir murakkab, ayni paytda to‘liq ma’nodagi belgidir. 
Yaxlit til sistemasini belgi bilan tenglashtirish jiddiy ilmiy-nazariy 
asosga ega bo‘lolmaydi. 
O.L.Kamenskayaning o‘zi ham, ilgari aytib o‘tilganiday, 
boshqa tadqiqotchilar ham
60
har qanday nutqiy kommunikatsiyaning 
bosh, asosiy birligi matn ekanligini muntazam ta’kidlaydilar. Tugal 
axborot jarayoni matn shaklida namoyon bo‘ladi. Tilning boshqa quyi 
sathlari birliklari esa kommunikatsiyada bilvosita, ya’ni matn 
tarkibiga kirgan holdagina ishtirok etadi. Shuning uchun ham matnni 
til sathlari pog‘onalarining eng yuqori pog‘onasi birligi sifatida talqin 
etish tilshunoslikda barqarorlashib bormoqda. 
Bu o‘rinda shunday savol ham tug‘ilishi mumkin: mazkur eng 
yuqori sathni matn sathi degan ma’qulmi yoki boshqacha nomlash 
59

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə