“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190
saparniyozova 0

Хованская З.И.
Анализ литературного произведения в современной французской филологии. 
–М.: Высшая школа, 1980.- С.143-144. 
52
Миловидов В.А.
Текст, контекст, интертекст: Введение в проблематику сравнительного 
литературоведения. – Тверь: ТвГУ, 1998, с. 39. 
53
Горшков А.И.
Кўрсатилган асар, 66-67-б. 
54
Бархударов Л.С.
Текст как единица языка и единица перевода / Лингвистика текста. 
Материалы научной конференции. –М., 1974, с. 40-41. 


ta’kidlaganidek, matn strukturasining til qonuniyatlari bilan 
chegaralanishi bir qadar kuchsiz, ayni shu xususiyat anchayin katta 
hajmdagi matnda eng murakkab fikr-g‘oyani batafsil bayon qilishga 
imkoniyat beradi. Lekin matn strukturasining til qonuniyatlari bilan 
kuchsiz chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan, uning uzvlari 
o‘rtasidagi aloqa majburiydir, ayni paytda bu aloqa o‘ziga xos 
xaraktyerga ega. Matnlarni tuzishning umumiy qoidalari, albatta, bor, 
biroq bu qoidalarning tabiati gap tuzish qoidalaridan nisbatan kuchsiz 
qat’iyligi bilan farq qiladi. Ammo til va nutqqa munosabati masalasida 
gap va matn o‘rtasida muayyan o‘xshashlikning borligi tabiiy. 
Nemis tilshunosi V.Dressler til sistemasining birligi bo‘lgan 
matnni (“tekstema”, “potensial matn”, “emik matn”) va nutq birligi 
bo‘lgan matnni (“aktual matn”, “konkret talaffuz qilingan matn”, “etik 
matn”) farqlash lozimligini alohida ta’kidlaydi. M.Xellidey tilning 
matn yaratuvchilik vazifasini tilning boshqa asosiy vazifalari qatorida 
unga organik xos bo‘lgan vazifa sifatida qaraydi va uni faqat nutq 
doirasi bilan chegaralab bo‘lmasligini aytadi.
55
Umuman, aytish mumkinki, matn ham til birligi, ham nutq 
birligidir degan qarash bugun anchayin keng tarqalgan. 
Tilshunoslikda til strukturasining sathlari masalasi har qanday 
tadqiqot uchun muhim ekanligi ma’lum. Til tadqiqi jarayonida 
tahlilning turli bosqichlarida fonologik, morfologik, sintaktik va 
leksik-semantik 
sathlar 
farqlanadi.
56
Matn 
mazkur 
sathlar 
ierarxiyasida qayyerdan joy oladi? Umuman, matn til strukturasining 
alohida sathi bo‘la oladimi? 
Uzoq vaqtlar, matn lingvistikasi keng rivoj topgunga qadar 
tilshunoslikda bu masalada bir fikr ustuvor edi, ya’ni til birliklarining 
ierarxik (pog‘onali) strukturasida oliy birlik sifatida gap e’tirof 
etilgan. Masalan, mashhur fransuz tilshunosi E.Benvenist gapni 
segmentlash (bo‘laklarga ajratish) mumkinligini, ammo uni biron-bir 
boshqa yuqori sath birligining tashkil etuvchisi sifatida qarab 
bo‘lmasligini ta’kidlaydi va shunday deb yozadi: “Gap faqat biron-bir 
boshqa gapdan oldin yoki keyin kelishi, ular bilan ketma-ketlik 
munosabatida bo‘lishi mumkin. Gaplar guruhi gap sathiga nisbatan 
55

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə