“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190
saparniyozova 0

Хэллидей М.А.
Место “функциональной перспективы предложения” (ФФП) в системе 
лингвистического описания / Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 8. Лингвистика текста. -М.: 
Прогресс, 1978, с.143. 
56
Кодухов В.И.
Уровни языка / Русский язык. Энциклопедия. -М.: Сов. энциклопедия, 1979.
-С.359-360. 


alohida sath birligini shakllantira olmaydi. Kategorematik (gap) 
sathdan yuqorida joylashgan til sathi yo‘q.”
57
Rus tilshunosi M.Y.Blox til birliklari va til sathlari 
munosabatini yaxlit sistema tarzida tadqiq etar ekan, tilning eng kichik 
birligidan tortib, eng yirik birligi - matngacha bo‘lgan ierarxiyaning 
mohiyatiga alohida e’tibor beradi. Ayniqsa, gap va matnning til 
sathlariga munosabati masalasida aniq va asosli fikrlarni bayon qiladi. 
U gapni sath shakllantiradigan birlik sifatida “propozema” deb 
nomlaydi (gapning semantik asosini ifodalovchi “propozitsiya” 
so‘zidan) va propozematik sath til belgisi segmentining oxirgi yuqori 
chegarasi emasligini, propozematik sath ustida mustaqil gaplarning 
sintaktik birikuvi natijasida shakllanadigan “cuprapropozematik sath” 
turishini aytadi.
58
Mazkur ikki sathni nomlashda (“propozematik” va 
“suprapropozematik”) muallifning umumlashtiruvchi jihat, ya’ni har 
ikkisida ham propozemani nazardan qochirmaganligi diqqatga 
sazovor. 
Ba’zi tadqiqotchilar matnga alohida sath sifatida qarash 
mumkinligini aytadilar, ammo ayni paytda matn tilning emas, balki 
nutqning sathi bo‘la olishini ta’kidlaydilar. Bunda matnning nutq 
jarayoni hodisasi sifatida sistemaliligiga urg‘u beradilar. Bunday 
talqindan kelib chiqiladigan bo‘lsa, tabiiyki, mantiqan matnga til 
hodisasi emas, balki faqat nutq hodisasi sifatida qarash lozim. 
Holbuki, matnning mohiyatan, eng avvalo, til hodisasi ekanligi
bugungi matn lingvistikasida deyarli e’tirof etib bo‘lingan bir 
haqiqatdir. Shuningdek, matnning asosiy va birlamchi til belgisi 
ekanligi haqidagi qarash ham tilshunoslikda turg‘unlashgan. Shuning 
uchun ham matn faqat nutq sathiga oiddir degan fikrga qo‘shilish 
qiyin. 
Bu 
munosabat 
bilan 
O.L.Kamenskayaning 
“Matn va 
kommunikatsiya” nomli kitobida til sistemasida alohida matn 
sathining mavjudligini ko‘rsatish maqsadidagi bir qiyosini shu o‘rinda 
keltirish joiz. Uning fikricha, til birliklarining kommunikativ vazifani 
bajarishdagi ishtiroki darajasi ham til sistemasini pog‘onalashtirish 
(stratifikatsiya) uchun asos hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqqan 
holda u til sistemasidagi sathlarni ajratish va asoslashning maqbul 
57

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə