“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   190
saparniyozova 0

Каримова Р.А 
Семантико-структурная организация текста (на материале устных спонтанных 
и письменных текстов): Автореф. дисс. ...д-ра филол. наук. –М., 1992.-С. 6- 27. 


va yozma nutq munosabati muammosini hal qilishdaagi birinchi 
qadam bo‘lgan. Til yashash shaklining faqat bir, ya’ni yozma shaklini 
tadqiq etish bilan obyektni cheklash mumkin emas... Fanning 
istiqboldagi muvaffaqiyatli taraqqiyoti uchun rivojlangan adabiy tilda 
yozma va og‘zaki shakllar bir butunlikdaligini va ular ichki nutq 
orqali bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligini aniqlashtirib olish 
muhimdir. Yozma matnni o‘qiganda biz uni faqat ko‘zimiz bilan idrok 
etmaymiz, balki uni ichki nutqimiz tarzida “aytamiz” ham. Yozuvda 
bir qator eng sodda sintaktik munosabatlar punktuatsiya orqali 
ifodalanadi. Har qanday matnning yozma shakli, uning ontologiyasi 
tirik insonlarning mavjudligiga bog‘liq, ular yozma matnga qarab, 
o‘zlarining ichki nutqlarida uning talaffuzini aks ettira oladilar. Ichki 
nutq haqidagi ta’limotsiz mohiyatan tilshunoslik umuman mavjud 
bo‘la olmaydi.”
49
Demakki, tovushli nutq (ichki va tashqi) diqqat 
markazida turmas ekan, matnni ilmiy o‘rganish, matn nazariyasini 
tasavvur etish, matn lingvistikasini rivojlantirish mumkin emas. 
Dunyo 
tilshunosligida 
matn 
muammolari 
tadqiqiga 
bag‘ishlangan ishlarning ko‘pchiligida “diskurs” termini bot-bot
qo‘llanadi. V.Xegay
haqli ravishda ta’kidlaganidek, bu termin matn lingvistikasi bilan bir 
qatorda adabiyotshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik, falsafa, 
mantiq, psixologiya kabi fan sohalarida keng ishlatilib kelinayotgan 
bo‘lsa-da, matn lingvistikasining o‘zida ham yagona, ko‘pchilik 
tomonidan e’tirof etilgan talqini, ma’nosi yo‘q, xilma-xil farqli 
tushunchalar ifodasi uchun istifoda qilinadi. Dastlab “diskurs” va 
“matn” terminlari ayni bir tushuncha uchun qo‘llangan bo‘lsa, 
keyinroq “matn” yozma kommunikatsiyaga nisbatan, “diskurs” esa 
og‘zaki kommunikatsiyaga nisbatan ishlatilgan.
50
Masalan, golland 
tilshunoslari T.A. Van Deyk va V.Kinchlar “keyingi yillarda bir qator 
gumanitar va ijtimoiy fanlarda bog‘li nutq yoki diskursni o‘rganishga 
bo‘lgan qiziqish ortgan”ligini ta’kidlar ekan, “diskurs”ni “bog‘li 
nutq”ning sinonimi sifatida qo‘llaydi. Bog‘li nutq deganda, albatta, 
matn tushuniladi, ko‘rinadiki, “matn” va “diskurs” terminlari teng 
ma’noli so‘zlar sifatida ishlatilgan. “Matn” va “diskurs” terminlarini 
bir-biridan farqli tushunchalar ifodasi uchun qo‘llash ham keng 
tarqalganligini kuzatish mumkin. Tadqiqotchilar fransuz filologiyasida 
49

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə