“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190
saparniyozova 0

 
40
Турниязова Ш.
Ҳозирги ўзбек тилида матн шаклланишининг деривацион хусусиятлари. 
Филол.фан.номз...дис.-Тошкент, 2010. 
41
Ҳайдаров Ш. 
Бадиий матнда парцеллятив конструкцияларнинг қўлланилиши. 
Филол.фан.докт...дис.-Тошкент, 2011. 
42
Худойберганова Д.
Ўзбек тилида матннинг антропоцентрик тадқиқи.
Филол.фан.докт...дис.-
Тошкент, 2014. 13-б. 


 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1.
Qaysi vaqtdan boshlab matn lingvistikasi alohida fan sifatida 
o‘rganila boshlandi? 
2.
Rus tilshunosligida matn tadqiqi yuzasidan qanday tadqiqotlar 
yaratildi? 
3.
Turkologiyada matn tadqiqi bo‘yicha qanday asarlar yuzaga 
kelgan? 
4.
O‘zbek tilshunosligida matn lingvistikasiga oid qanday asarlar 
yaratilgan? 
5.
O‘zbek tilshunosligida ilmiy matnni o‘rgangan olim kim va u 
qanday g‘oyalarni ilgari surgan? 
6.
O‘zbek tilshunosligida badiiy matnni o‘rgangan olim kim va u 
qanday g‘oyalarni ilgari surgan? 
7.
O‘zbek tilshunosligida matnning kommuniktiv-pragmatik 
xususiyatlarini o‘rgangan olima kim va u qanday g‘oyalarni 
ilgari surgan? 
8.
Matnlarni psixolingvistik jihatdan o‘rgangan olima kim va u 
qanday g‘oyalarni ilgari surgan? 
9.
O‘zbek tilida parsellyatsiya hodisasi kim tomonidan 
o‘rganilgan? 
10.
Matnlarni antroposentrik jihatdan kim o‘rgangan va unda 
qanday xulosalar bayon qilingan? 
MATN TA’RIFI MASALASI 
 
Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va 
dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu 
masalada yagona fikrning o‘zi yo‘q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi 
shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi 
o‘zining bosh obyekti – matnning umume’tirof etilgan ta’rifiga ega 
emas va bu yo‘nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning nima 
ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi 
yoki xususiyatlar bilan xarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan 


boshlanadi.”
43
Biz ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-xususiyatlariga 
to‘xtalishni maqsadga muvofiq deb bildik. 
Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material 
jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaxassislar o‘rtasida yagona fikr 
yo‘q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki xil qarash 
mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaxlit nutq yoki 
nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi 
L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun 
xos bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu 
belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida 
qayd etadi.
44
Matnni lingvistik tadqiqot obyekti sifatida rus 
tilshunosligida batafsil o‘rganganlardan biri I.R.Galperin “matnning 
ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan yyetakchi 
jihatlar”dan biri sifatida “yozma hujjat tarzida reallashadigan 
tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uningcha, matn 
yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir.
Ammo matnning yozma yoki og‘zakiligi uning ontologiyasi va 
funksiyasiga nechog‘lik bog‘liq yoki bog‘liq emasligi muallif 
tomonidan aniq ko‘rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va 
kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan 
chegaralanadigan bo‘lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi 
o‘rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan. 
Aytish kerakki, matn lingvistikasi muammolari bilan jiddiy 
shug‘ullangan juda ko‘pchilik tilshunoslar matnning ham yozma, ham 
og‘zaki shaklda bo‘lishi mumkinligini aytadilar.
45
Chindan ham, ayni 
shu fikr ilmiy-mantiqiy jihatdan to‘la asosga ega va u matnning 
mavjud mohiyatini to‘g‘ri aks ettiradi.
Z.Y.Turayeva matn lingvistikasining umumiy nazariyasiga 
ko‘ra uning predmeti sifatida og‘zaki yoki yozma nutq mahsuli 
bo‘lgan matnni olish mumkinligini aytadi, ammo matnni tor ma’noda, 
43

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə