“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   190
saparniyozova 0

Тураева З.Я.
Лингвистика текста. –М.: Просвещение, 1986, с. 12. 
47
Ҳакимов М.Х.
Ўзбек илмий матнининг синтагматик ва прагматик хусусиятлари: Филол. 
фан. н-ди ...дисс. –Тошкент, 1993.


qoidalariga zid bo‘lishi turgan gap. Axir, kishilar o‘rtasidagi har 
qanday kommunikatsiya faqat va faqat yozma shaklda amalga 
oshishini tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Sintaksisning asosiy birligi gap ekanligi hamisha e’tirof etilgan, 
matn yoki uning birliklari gapdan yirik, oliy sintaktik-kommunikativ 
birliklar hisoblanishi lozimligi bugungi matn lingvistikasining asosiy 
qoidalaridan biriga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, faqat yozuvda aks 
etgan gapnigina gap deb, og‘zaki nutqdagi gapni gap bo‘lolmaydi 
deyish to‘g‘ri bo‘lmasligini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q, albatta. 
Agar faqat yozuvda ifodalangan yaxlit nutqnigina matn deyiladigan 
bo‘lsa, mantiq gapni ham faqat yozuvdagisinigina tan olish kerakligini 
taqozo etadi. Ammo buning mumkin emasligi tabiiy. 
Og‘zaki nutqning bir yo‘nalishliligi, yozma (harflar yoki 
magnit tasmasida) nutq (matn)ning ko‘p yo‘nalishliligi, og‘zaki 
nutqning “qaytishsizligi”, yozma nutqning esa “qaytishliligi”, ya’ni 
uning istalgan bo‘lagiga har qachon qaytish mumkinligi haqidagi 
da’vo-dalil ham asosli emas. Chunki bu “qaytish” tushunchasi faqat 
vizual-amaliy mohiyatga ega, nutqiy asar (matn)ning mohiyatiga aslo 
daxldor emas. Agar faqat yozma nutqdagina oldingi qismlarga qaytish 
mumkin-u og‘zaki nutqiy yaxlitlikda uning oldingi qismlariga 
qaytishning imkoni bo‘lmasa, unda hech qanday og‘zaki nutqni 
tushunish, demakki, og‘zaki nutqiy kommunikatsiya mutlaqo mumkin 
bo‘lmasdi. Chunki so‘zlovchi muayyan yaxlit bir fikr, mavzuni 
og‘zaki bayon qilar ekan, ayni bayon jarayonining har bir onida uning 
o‘zi ham, xuddi shuningdek, tinglovchi ham mazkur nutqning oldingi 
istalgan parchasiga qayta oladi, nafaqat qayta oladi, balki oldingi 
qismlar ularning xotirasida turadi. Agar shunday bo‘lmasa, ya’ni nutq 
butunicha ham so‘zlovchining, ham tinglovchining xotirasida turmasa, 
nutqni tuzish ham, uni mazmunan anglash ham imkonsiz bo‘ladi. 
Tabiiyki, so‘zlovchi ayni talaffuz jarayonidagina o‘z nutqiga hokim 
bo‘lsa, tinglovchi nutqning ayni eshitib turgan onidagi parchasinigina 
tushunsa, nutqning oldingi qismlari ularning har ikkichining ham 
“esidan chiqib qolaversa”, ular bir-birlarini tushunish imkoniyatidan 
tamomila mahrum bo‘lib qolaveradi. To‘g‘ri, og‘zaki nutqning 
so‘zlangan paytidagina mavjud ekanligini, yozma nutqning esa zamon 
nuqtayi nazaridan chegaralanmaganligini hech kim inkor etmaydi, 
ammo bu og‘zaki nutqni eslash, xotirada saqlash, umuman, uni yoki 
uning muayyan parchalarini tiklash ilojsiz degani emas. Yaxlit og‘zaki 


nutq faqat yozma shaklga olingandagina matn yuzaga keladi tarzidagi 
hukm daryoda oqib turgan suv suv emas, balki bu “modda” faqat 
shishaga solingandagina suv paydo bo‘ladi deganday bir gapdir. 
Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, xalq yoki qavm yo‘qki, 
uning necha asrlardan beri og‘zaki shaklda avloddan avlodga o‘tib 
yashab kelayotgan rang-barang so‘z san’ati durdonalari bo‘lmasin. 
Masalan, bir qo‘shiq yoki ertakni faqat qog‘ozga yoki magnit 
tasmasiga (yoki multimedia shakliga) tushirilganda matn, ammo 
og‘zaki shaklida matn bo‘la olmaydi deyish matn tushunchasini til 
doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. Og‘zaki nutqiy asarni 
muayyan vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimedia kabi) 
yordamida qayd etish axborotning zamon va makonda saqlanishini 
ta’minlash imkoniyatlaridir, lekin, garchi yozma nutq muayyan 
tayyorgarlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u ravon va 
ishlangan nutq deyilsa-da, buning til birliklarining tabiatiga bevosita 
jiddiy o‘zgartirish kiritadigan ta’siri to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi. 
Aytish lozimki, tayyorgarliksiz spontan og‘zaki nutq va 
tayyorgarlik bilan ishlangan yozma nutq o‘rtasida muayyan struktur-
uslubiy farqlar, o‘ziga xosliklarning mavjudligi tabiiy, ammo bu 
o‘ziga xosliklar birining mahsulini matn emas, ikkinchisining 
mahsulini esa matn deyishga hech bir asos bo‘lolmaydi. 
Matnning semantik-struktur tuzilishini rus tilidagi og‘zaki va 
yozma nutq misolida batafsil tadqiq etgan R.A.Karimova doktorlik 
diisertatsiyasida matn faqat grafik, yozma shakldagina emas, balki 
og‘zaki shaklda ham namoyon bo‘ladigan nutqiy asar ekanligini, 
bunda og‘zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta’kidlaydi va 
tahlillardan kelib chiqqan holda “bir qarashda matn makonining 
qarama-qarshi nuqtalarida joylashganday ko‘rinadigan og‘zaki 
spontan matn va yozma matn (badiiy matn) umumiy xususiyat – 
muayyan tuzilishga ega” degan nazariy xulosaga keladi.
48
Shubhasiz, og‘zaki nutq birlamchi, yozma nutq esa 
ikkilamchidir, shuning uchun ham yozma matn uchun og‘zaki 
nutqning 
“genetik asos” bo‘lishi aksiomadir. Bu o‘rinda 
O.V.Dolgovaning quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Inson nutqi – 
bu eng avvalo tilning tovushli shaklidir... Filolog uchun tovushli 
nutqni o‘rganish zarurligi haqidagi fikrning barqarorlashuvi og‘zaki 
48

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə