“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   190
saparniyozova 0

Азимова И. 
Ўзбек тилидаги газета матнлари мазмуний перцепциясининг психолингвистик 
тадқиқи. Филол.фан.номз...дис.-Тошкент, 2008.
38
Юлдашев М. 
Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи. Филол.фан.докт...дис.-Тошкент, 2009.
39
Боймирзаева С.
Ўзбек тилида матннинг коммуникатив-прагматик мазмунини 
шакллантирувчи категориялар. Филол.фан.докт...дис.-Тошкент, 2010. 


keluvchi semantik omil hamda leksik vositalar, matn
komponentlarining 
pog‘onali munosabati xususida fikrlar 
bildirilgan.
40
2011-yilda himoya qilingan Sh.Haydarovning “Badiiy matnda
parsellyativ konstruksiyalarning qo‘llanilishi” mavzusidagi nomzodlik 
ishi 
ham 
matn 
lingvistikasining 
tarkibiy 
qismi, 
o‘rganish 
obyektlaridan biri bo‘lgan parsellyativ konstruksiyalar tadqiqiga 
bag‘ishlangan.
41
Ishda parsellyativ konstruksiyalar badiiy matn 
materiallari asosida lingvopoetik tadqiq qilingan, parsellyativ 
konstruksiyalarning 
mohiyati, 
ularning 
ilova 
va 
boshqa 
konstruksiyalardan farqli belgilari badiiy matndan olingan misollar 
asosida izohlanib, parsellyativ konstruksiyalarning og‘zaki va badiiy 
nutqqa xoslanishi, ularning o‘ziga xos tomonlari tahlil etilgan hamda 
parsellyativ konstruksiyalarning voqelanishiga ko‘ra tasnifi ishlab 
chiqilib, parsellyativ konstruksiyalar grammatik va lingvopoetik 
jihatdan tavsiflangan. 
Keyingi yillarda, xususan, XXI asr boshlaridan matnni 
lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, kognitiv va 
psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq etish tendensiyasi kuchaydi. 
Matnga faqat semantik-sintaktik jihatdan bog‘langan gaplar yig‘indisi 
sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan muloqot shakli, 
o‘zida muayyan til egalarining bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy 
psixologiyasi va mentalitetini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida 
qarala boshlandi
42
. D.Xudoyberganovaning doktorlik dissertatsiyasi 
mazkur masalaga - matnning antropotsentrik tadqiqiga bag‘ishlangan. 
Tadqiqotda matn yaratilishi va mazmuniy idrokining kognitiv-
semantik, psixolingvistik, lingvokulturologik jihatlarini tadqiq etish 
orqali o‘zbek tilida muloqot qiluvchi til egalarining lisoniy ongi, 
milliy-assotsiativ fikrlash tarzi, kognitiv va psixologik faoliyatiga doir 
muhim xulosalar ishlab chiqilgan. 
Ko‘rinadiki, matn lingvistikasi yuzasidan turli yo‘nalish va 
aspektlarda tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə