“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   190
saparniyozova 0

Ғуломов А., Асқарова М.
Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. -Тошкент: Ўқитувчи, 
1987, 6-7-б.


unsurlarni bog‘lovchi vositalar sistemasini tadqiq etgan.
27
Ammo 
ta’kidlash lozimki, garchi tadqiqotchi o‘z oldiga badiiy nutqdagi 
mikromatnni o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa-da, ishda 
mikromatnning kogerentligi umumiy tarzda tekshirilgan, ya’ni aynan 
badiiy nutqdagi matnning bu boradagi o‘ziga xosligi bilan bog‘liq 
jihatlarga e’tibor qaratilgan emas. Lekin shunga qaramasdan, bu ish 
o‘zbek tilshunosligidagi mikromatn va uning kogeziyasini monografik 
aspektda o‘rganishga bag‘ishlangan dastlabki tadqiqotlardan ekanligi 
bilan diqqatga sazovordir. 
O‘zbek 
tilshunosligida 
matn 
lingvistikasi 
bo‘yicha 
umumlashtiruvchi, 
ta’limiy xaraktyerdagi ilk ishlardan biri 
A.Mamajonov tomonidan yaratilgan. Uning filolog-talabalar uchun 
mo‘ljallangan “Tekst lingvistikasi” nomli maxsus kursida matn 
haqidagi ilmiy qarashlar tahlil etilgan, matn tushunchasining mohiyati, 
tiplari va birliklari, bu birliklarning bog‘lanishi va bog‘lovchi 
vositalari, matn birliklariaro sinonimiya, sintaktik-stilistik figuralar 
masalalari bayon qilingan.
28
Keyinroq shogirdi M.Abdupattoyev bilan 
hamkorlikda nashr yettirgan “Matn sintaksisi” nomli o‘quv 
qo‘llanmasida matnning struktur-semantik va stilistik jihatlari, matn 
birliklaridagi tema-rematik munosabat atroflicha tahlil qilingan, 
tegishli xulosalar umumlashtirilgan.
29
N.Turniyozovning “Matn lingvistikasi” nomli qo‘llanmasi ham 
ana shunday ta’limiy xaraktyerdagi ishlardan bo‘lib, unda tegishli 
o‘quv rejasiga muvofiq matn haqida umumiy ma’lumot, mikro- va 
makromatn tushunchalari, matn uzvlari orasidagi turli munosabatlar 
kabi mavzular bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar berilgan.
30
Matn muammolari bilan jiddiy shug‘ullangan o‘zbek 
tilshunoslaridan yana biri M.Hakimovdir. U asosiy maqsadi “ilmiy 
matn va uning birliklari orasidagi mazmuniy munosabatni ifoda 
etuvchi bog‘lovchilar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va vazifalarini 
aniqlashga yo‘naltirilgan ishlarga hissa qo‘shish, ilmiy matnda 
muallifning xususiy munosabati hamda uning turlarini belgilash”dan 
iborat bo‘lgan nomzodlik dissertatsiyasida o‘zbek ilmiy matnining 
27
Тухсанов М.
Микротекст и система выражения его когерентности в узбекской 
художественной речи: Автореф. дисс. ...к-та филол. наук. -Ташкент, 1987. 
28

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə