“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190
saparniyozova 0

Мамажонов А.
Текст лингвистикаси. –Тошкент, 1989. 
29
Мамажонов А., Абдупаттоев М.
Матн синтаксиси. -Фарғона, 2002. 
30
Турниёзов Н.
Матн лингвистикаси (маърузалар матни). -Самарқанд, 2004. 


sintagmatik va pragmatik xususiyatlarini boy faktik materiallari 
asosida batafsil tadqiq etgan.
31
M.Hakimov o‘zbek tilidagi matnning pragmatik talqiniga 
bag‘ishlangan doktorlik dissertasiyasida esa matnni lingvistik 
pragmatika, G‘arb falsafiy tilshunosligida shakllangan nutqiy akt 
nazariyasidan kelib chiqqan holda o‘rgangan va matnda ochiq va 
yashirin ifodalanadigan mazmunlarning o‘ziga xos qonuniyatlarini 
ko‘rsatib bergan, ularning semantik, sintaktik, presuppozitsional va 
pragmatik mexanizmlariga daxldor qoidalarni konkretlashtirgan.
32
Dissertasiyada o‘zbek tilidagi matn lingvistikasi muammolariga 
nazariy jihatdan oydinlik kiritilgan, bir qator tamoman yangi fikrlar 
ilgari surilgan. Ammo g‘arbcha yoki g‘arb falsafiy tilshunosligi 
talqinida qo‘llangan o‘zbekcha atamalar shunchalik ko‘p va ularni 
birdaniga anglab olish biroz qiyinki, muallif dissertatsiya oxirida 
“tadqiqot yo‘nalishiga oid atamalar izohi”ni berishga majbur bo‘lgan 
(257-260-b.). 
Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida matn masalasining u 
yoki bu jihati tadqiqiga daxldor bir qator ilmiy maqolalar ham e’lon 
qilindi.
33
Matn mummaolarini o‘rganish va uning yaxlit ilmiy 
nazariyasini yaratishning xorijdagi faollaridan biri nemis tilshunosi 
R.Harveg 1974 -yilda matn lingvistikasining tilshunoslikda to‘liq 
asoslanishi uchun kamida yuz yil kerak bo‘lishini ta’kidlagan edi.
34
Ammo bugun bu gapning aytilganiga hali 40 yil ham bo‘lgani yo‘q. 
Lekin butun dunyoda muntazam va qizg‘in olib borilgan jiddiy ilmiy 
izlanishlar, tadqiqotlarning tabiiy natijasi o‘laroq “matn lingvistikasi” 
(“matn nazariyasi”) nomi bilan bo‘ladimi yoki “matn grammatikasi” 
(“matn sintaksisi”) nomi bilan bo‘ladimi, baribir, shunday bir 
yo‘nalish alohida fan va o‘quv predmeti sifatida shakllanganligi keng 
e’tirof etilgan va buni hech kim inkor qilmaydi. 
31

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə