“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   190
saparniyozova 0

 Зәкиев М.З.
Хәзерге татар әдәби теле (Синтаксис). -Казан, 1974, 257-бит.
23
Зәкиев М.З.
Хәзерге татар әдәби теле синтаксисы hәм пунктуациясе. -Казан: Татарстан китап 
нәшрияты, 1984, 199-226-битләр. 
24
Абдуллаев К.М. 
Теоретические проблемы синтаксиса азербайджанского языка: Автореф. дис. 
...д-ра филол. наук. –Баку, 1984, с. 33-43. 
25
III Всесоюзная тюркологическая конференция // Советская тюркология. -Баку, 1981, №1, с.93. 


komponenti sanaladi. 2. Bu komponent shu butunlikdagi boshqa 
komponentlar bilan har jihatdan (mazmun, grammatik) turli vositalar 
orqali bog‘langan bo‘ladi. Uning o‘z kompozitsiyasi va stilistik 
xususiyatlari saqlangan bo‘ladi. 3. Sodda gap butunlik sostavida 
ma’lum sharoitlarda o‘zicha bir abzasni tashkil qilishi mumkin... 4. 
Bunday sintaktik butunlik, sintaktik konstruksiya tekst sanaladi. 
Ayrim - uzuq gap nisbiy tugal fikrni ifodalaydi, tekst butun bir 
kompleksning mundarijasini bildiradi. 5. Tekst bir butunlik 
bo‘lganligidan, u o‘z mundarijasiga mos keladigan ayrim 
sarlavhalarga ega bo‘lishi ham mumkin. Tekst ayrim segmentlarga – 
qismlarga (ayrim parchalarga, abzaslarga, gaplarga) bo‘linadi). 
Demak, tilning aloqa-aralashuv vositasi ekanligini tekst yana ham 
aniq ko‘rsatadi. Nutq tekst tusida namoyon bo‘ladi. 6. Tekst – yirik 
nutq parchasi, abzas esa tekstning bo‘lagi. Tekstning hamma 
ko‘rinishlari (maksimal tekst va minimal tekst) ma’lum bir temani 
(mundarijani) tugal ifodalaydi. Demak, u – yuqori darajadagi sintaktik 
birlik. 
Tekstning bu xususiyatlarini hisobga olib, ba’zi tekshiruvchilar 
uni lingvistikaning mustaqil bir sohasi sifatida (tekst grammatikasi, 
tekst lingvistikasi kabi nomlar bilan) ajratishni zarur deb biladilar. 
Ba’zilar esa uni tekst sintaksisi deb atab (so‘z birikmasi sintaksisi
sodda gap sintaksisi kabi), gap sintaksisining davomi sifatida qarab, 
bu bilan sintaksis terminining mazmunini kengaytirishni, asosiy 
sintaktik birlik sifatida gapdan ko‘ra katta sintaktik butunlik deb 
qarash kerakligini ta’kidlaydilar: bunda sintaksisning yuqori chegarasi 
qo‘shma gap sintaksisi emas, balki tekst sintaksisi bo‘ladi. 
Tekshiruvchilarning ko‘pchiligi bu sohani birinchi qarash bo‘yicha 
yoritmoqdalar. 
Tekst sintaksisi o‘zbek tilshunosligida hali o‘rganilmagan.” 
26
Ko‘rinadiki, A.G‘ulomov o‘zbek tili faktlaridan kelib chiqqan 
va dunyo tilshunosligidagi turli qarashlarni inobatga olgan holda 
matnning tabiati va mohiyatini aniq ko‘rsatib bergan. Mazkur olti 
bandda birma-bir qayd etilgan qoidalar matnning asosiy umumiy 
xususiyatlarini o‘z ichiga olgan. 
M.To‘xsonov o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida makromatn 
va mikromatnni farqlagan holda o‘zbek tilidagi mikromatn tarkibidagi 
26

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə