“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190
saparniyozova 0

Барт Р.
Лингвистика текста / Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 8. Лингвистика текста. -
М.: Прогресс, 1978, с. 444-445. 
12
Белич А.И.
К вопросу о распределении грамматического материала по главным 
грамматическим дисциплинам / Вестник МГУ, 1947, N 7, с. 22.
13
Москальская О.И.
Грамматика текста. –М.: Высшая школа, 1981, с. 5-6. 


monografiyalar bosildi, darsliklar, hatto maktablar uchun darsliklar 
chiqarildi.
14
Matn nazariyasi, matn lingvistikasining umumiy shakllanishi 
va rivojida chex (Praga lingvistik to‘garagi vakillari), nemis, fransuz, 
ingliz, Amerika, golland, polyak va boshqa tilshunoslik maktablari 
vakillarining xizmatlari dunyo tilshunosligida e’tirof etilgan va doimiy 
ravishda ilmiy tadqiqotlarda tilga olinadi.
15
Rus tilshunosligida ham 
matn 
nazariyasi 
va 
lingvistikasi 
muammolari 
V.V.Odinsov, 
I.R.Galperin, 
O.I.Moskalskaya, 
L.M.Loseva, 
Y.M.Lotman, 
Z.Y.Turaeva, 
N.D.Zarubina, 
E.V.Sidorov, 
O.L.Kamenskaya, 
A.I.Gorshkov, N.S.Valgina kabi ko‘plab tilshunoslar tomonidan 
o‘rganib kelinadi.
16
Tilshunoslikdagi bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni atroflicha tahlil 
qilgan O.I.Moskalskaya o‘tgan asrning 60-70-yillariga kelib matnni 
lingvistik o‘rganishga bo‘lgan qiziqish benihoya ortganligini, dunyo 
tilshunosligida matn lingvistikasi bo‘yicha misli ko‘rilmagan 
miqdorda tadqiqotlar yuzaga kelganligini va matn lingvistikasi 
mustaqil tilshunoslik fani sifatida to‘la e’tirof etilganligini ta’kidlar 
ekan, tadqiqotlardagi bu e’tirofga tamal bo‘lgan asosiy qoidalarni 
quyidagicha guruhlarga bo‘lib umumlashtiradi: 
1. Nutqning tugallangan fikr bildiradigan asosiy birligi gap 
emas, balki matndir; gap-fikr esa faqat xususiy holat, matnning 
alohida turidir. Matn sintaktik sathning oliy birligi hisoblanadi. 
2. Konkret nutqiy asarlar – matnlarning asosida matn 
tuzishning umumiy tamoyillari yotadi; bu tamoyillar nutq sohasiga 
emas, balki til sistemasiga yoki til vakolatiga daxldordir. Bu jihatlar 
hisobga olinsa, shulardan kelib chiqilsa, matnni faqat nutq birligi 
emas, balki til birligi deb ham hisoblash kerak. 
14
Николаева Т.М.
Лингвистика текста. Современное состояние и перспективы / Новое в 
зарубежной лингвистике. Вып. 8. Лингвистика текста. –М.: Прогресс, 1978, с. 5-39. 
15

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə