“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


TILSHUNOSLIKDA MATN MUAMMOSINING



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190
saparniyozova 0

TILSHUNOSLIKDA MATN MUAMMOSINING
O‘RGANILISHI 
 
Insonlarning kishilik jamiyati sifatidagi alohida-alohida 
qavmlar tarzida birlashishi va birlikda ne-ne mushkulotlarni bartaraf 
etib, tamaddun deyiladigan taraqqiyot yo‘llarida muntazam odim 


otmog‘ida ular o‘rtasidagi kommunikatsiya, muloqotning o‘rni, 
shubhasiz, benihoya muhim. Kommunikativ faoliyatdan tamoman xoli 
bo‘lgan, a’zolari o‘zaro muloqot imkoniyatidan butunlay mahrum 
bo‘lgan kishilik jamiyatini tasavvur ham etib bo‘lmaydi. 
Necha ming yillardir, odam bolasi o‘rganadi, o‘rgatadi, 
tajribalarini to‘playdi, saqlaydi va boshqalarga yyetkazadi. Albatta, bu 
faoliyatlarning, hech bir istisnosiz, barchasi – o‘rganish va o‘rgatish 
ham, tajriba-axborotlarni to‘plash va saqlash ham, ularni boshqalardan 
olish va boshqalarga berish ham til vositasidagi muloqot (og‘zaki va 
yozma) orqali amalga oshadi. Zotan, tilning mohiyatiga daxldor 
bo‘lgan bosh vazifasining kommunikativ vazifa ekanligi bugun faqat 
mutaxassisgagina emas, balki barchaga besh qo‘lday ma’lum bir 
haqiqat. Ammo mazkur kommunikativ aloqaning, nutqiy muloqotning 
lisoniy-mantiqiy, ijtimoiy-ruhiy, tarixiy-estetik mexanizmlari, ular 
bilan bog‘liq qoida-qonuniyatlar, o‘ziga xosliklar tegishli fanlar 
(tilshunoslik, adabiyotshunoslik, mantiq, sotsiologiya, estetika kabi) 
tomonidan to‘laligicha o‘rganib bo‘lingan emas. Bu boradagi juda 
ko‘plab muammolar hamma zamonlarda olimlarning e’tiborida bo‘lib 
kelganligiga qaramay, hamon bahs-u munozaralarga sabab bo‘ladi, 
ilgari surilgan turli fikrlar goh birovlar tomonidan e’tirof etilsa, goh 
jiddiy e’tirozlarni tug‘dirib keladi.
Tabiiyki, har qanday nutqiy kommunikatsiyaning yuzaga 
kelishi, voqelanishida uch asosiy unsurning ishtiroki majburiydir, 
ya’ni so‘zlovchi (yozuvchi) – axborot (matn) – tinglovchi (o‘quvchi). 
To‘g‘ri, nutqiy kommunikatsiyada nutqiy sharoit, axborot kanali 
(ovoz, yozuv, magnit yozuvi, telefon kabi), muloqot a’zolarining 
maqomi, yoshi va boshqa belgilari, shuningdek, boshqa turli 
g‘ayrilisoniy vositalarning ham o‘rni benihoya muhim va hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. Lekin mazkur uch unsur nutqiy kommunikatsiyaning 
asosiy ustunlaridir, ularning birortasisiz muloqot jarayoni voqe 
bo‘lolmaydi. 
Tilshunoslik ayni kommunikatsiya jarayonida ikki tomon 
(so‘zlovchi, tinglovchi) o‘rtasilagi “berish-olish”ning asosiy predmeti 
bo‘lgan axborotning lisoniy ifodalanishi va anglanishi masalasiga 
mutlaqo tabiiy ravishda birinchi darajali diqqatni qaratdi. Zotan, har 
qanday kommunikatsiyaning pirovard va bosh maqsadi ayni shu 
axborotning “harakati”dir, bu “harakat” esa til vositasida bo‘ladi. 
Shuning uchun ham tilshunoslik xuddi shu “harakatdagi axborot”ning 


asosiy va yirik birligini izladi, natijada gapni ana shunday yirik birlik 
sifatida uzoq davrlar e’tirof etib keldi.
Ma’lumki, tilshunoslik o‘z o‘rganish obyektini alohida-alohida 
bo‘limlarga ajratgan, ya’ni fonetika-fonologiyada tovush (fonema)lar, 
mofologiyada morfemalar, leksikologiyada leksemalar, sintaksisda esa 
sodda va qo‘shma gaplar o‘rganiladi. Aytish mumkinki, an’anaviy 
tilshunoslikda tilning eng yuqori sathidagi eng oliy va oxirgi birlik gap 
deb qarab kelinadi. Polyak tilshunosi M.R.Mayenovaning ta’biri bilan 
aytganda, “Gap tugagan joyda tilshunoslik o‘z kuzatishlarini tugatadi” 
degan hukm yaqin davrlargacha ochiq haqiqat hisoblangan. Ko‘p 
gaplardan tarkib topgan matnlar keng ma’nodagi grammatika doirasi 
bilan batamom va to‘laligicha chegaralanuvchi bu fan sohasi 
kuzatishlaridan chetda qoladi”.
9
Aslida agar “gap tugagan joyda tilshunoslik o‘z kuzatishlarini 
tugatsa”, ya’ni faqat gapni kommunikativ birlik deb hisoblasa, bunday 
tilshunoslik gapning semantik-kommunikativ mohiyatining ichiga 
bemalol va to‘la kirib borishga qiynaladi. Har qanday alohida olingan 
gapning lisoniy-mantiqiy mag‘zini chaqib bo‘lmaydi. Har qanday 
so‘zning ma’nosi aniq bir kontekstda reallik kasb etgani kabi gapning 
ham boshqa gaplar bilan munosabatidan tashqarida mazmunini xolis 
baholash mushkul. Eng odiiy bir misolni ko‘raylik: 
Sayyohlar ertaga 
o‘sha shaharga boradilar 
gapidagi mazmunni anglash uchun undan 
oldin qo‘llangan (yoki qo‘llanishi mumkin bo‘lgan), aytaylik, 
Samarqand shahrining tarixiy obidalari haqidagi film namoyish etildi
qabilidagi qandaydir gap bo‘lishi lozim. Ko‘rinadiki, birinchi gapni 
mutlaqo mustaqil kommunikativ birlik deb bo‘lmaydi, demakki, 
tilshunoslikning chegarasi bu yyerda tugamasligi, undan tashqariga 
chiqishi kerak. Sintaksisni faqat gap (va so‘z birikmasi) haqidagi 
ta’limot tarzida talqin qilish mazkur chegaraning ustuni bo‘lib 
kelganligi ma’lum. Holbuki, sintaksisga “nutq tuzish haqidagi fan” 
sifatida qarash juda ko‘p muammolarga oydinlik kiritishi idrok etila 
boshlaganiga ham ancha bo‘ldi.
10
Bog‘li nutq, yaxlit nutqiy asar, matnni o‘rganish, ya’ni matnga 
gap – period – yanada yirikroq parcha – yaxlit butunlik tarzidagi 
9

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə