“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
saparniyozova 0

 
 
 
 
 


MATN LINGVISTIKASI FANINING MAQSADI, VAZIFASI,
OBYEKTI VA PREDMETI 
 
Ma’lumki,
«
Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin 
qilinadi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”
1
da
 
so‘ziga quyidagicha ta’rif 
beriladi:
[a. — 
yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst] 

Yozuvda 
yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat. 

Bosma nashrning rasm, chizma va izohlarsiz asosiy qismi. Bu ta’rifda 
matnning asosiy xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Faqat axborot-
kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida 
matn 
so‘zi 
anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Kompyutyerda terilgan matn formati Word, RTF matn, oddiy matn, 
formatlangan matn, gipermatn
kabilar ham iste’molda faollashdi.
Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi 
(supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan 
sohaning asosiy obyekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda 
uni so‘z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o‘z 
kategoriyasi 
va 
qonuniyatlari 
borligi 
aytiladi. 
Tilshunos 
M.X.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsion ishida 
bu haqda shunday yozadi: “
Matn
so‘zining lug‘aviy ma’nosida 
birikish, bog‘lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn 
tarkibi o‘zaro qaysidir bog‘lovchilar yordamida birikishini o‘rganish 
«Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo‘lib 
qoldi. Matn birliklarining o‘zaro bog‘lanishini ifoda etuvchi takror va 
uning bir necha ko‘rinishi, olmosh turkumiga oid ba’zi so‘zlar, 
gapning so‘roq shakliga xos bo‘lgan ko‘rinishining matn hosil 
qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida o‘rin tutadi.
2
Mazkur 
ishda muallif «matn» atamasini «nutq», «kontekst» kabi boshqa 
lingvistik atamalardan farqlash lozimligini ta’kidlaydi. Nutq og‘zaki 
va yozma shakllarda namoyon bo‘ladi. Nutqning yozma shakli matn 
atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. «Nutq subyektdan 
adresatga yo‘naltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa faqat 
obyektiv informatsiyadan iborat bo‘lmay, balki o‘ziga pragmatik 
1

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə