“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Ўзбек тилининг изоҳли луғати



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
saparniyozova 0

Ўзбек тилининг изоҳли луғати
.5 жилдлик. 2-жилд. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 
2006. 587-б. 
2
Ҳакимов М
. Ўзбек илмий матнининг синтагматик ва прагматик хусусиятлари. 
Филол.фан.номз...дис. -Тошкент, 1993, 7-б. 


mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko‘rinishidir».
3
Tilshunos olim M.Arriv «Diskurs, ifoda (recit) va bular orasidagi 
aloqani maydonga keltiradigan butunlikka matn deyiladi»
4
deydi. 
Ilmiy adabiyotlarda kontekst atamasi nutqiy vaziyat mahsuli deb 
ko‘rsatiladi. «Kontekst – bu bir leksik yoki grammatik birlik asosida 
ifodalangan ma’no yoki tushunchani oydinlashtirish uchun keltirilgan, 
tuzilgan minimal nutq birligi. Qoida bo‘yicha bu – so‘z birikmasi
ba’zan gap, kamdan-kam abzas yoki yaxlit matnga teng keladi».
5
Masalan, 
tuyoq
so‘zi hayvonga aloqador a’zo hisoblanadi: 
Loyi 
ko‘pirib yotgan yo‘lda ot taqalari, mol tuyoqlaridan hosil bo‘lgan 
chuqurchalarni limmo-lim to‘ldirgan sariq zardoblar jimirlab, yoni-
veridan sirqib yotardi 
(P.Tursun). Mazkur so‘z insonga nisbatan 
qo‘llanilganda salbiy ottenka birinchi planga chiqadi: 
Obro‘ying 
borida tuyog‘ingni shiqillatib qol
. Kontekst so‘zlarning semantik 
ma’nosi reallashadigan o‘ziga xos maydon, nutqiy vaziyat 
hisoblanadi. Bu o‘rinda S.D.Katsnelsonning quyidagi fikrini keltirib 
o‘tish o‘rinli: «Borliqning mavjud dalillari lug‘atlarda berilganidek 
alohida so‘zlarda emas, balki nutqiy aloqalarda, tugal xabarlarda
matnlarda, ularning minimal bo‘lagi bo‘lgan gaplarda aks etadi... 
So‘zlar va ular ma’nolarining ong va borliqqa munosabati gap orqali 
bog‘langan, gapdan tashqarida ular faqat potensial birlikdir, xolos. 
Ularni mexanizmning detallariga qiyoslash mumkin, ularning vazifasi 
faqatgina butun bir mexanizm bilan aloqada tushuniladi».
6
Tilshunos E.Qilichev «Matnning lingvistik tahlili» deb 
nomlangan kitobida «Matn – hamma elementlari o‘zaro zich aloqada 
bo‘lgan va avtor nuqtayi nazaridan ma’lum bir maqsadga 
yo‘naltirilgan nominativ – estetik axborotni ifodalovchi murakkab 
tuzilma» degan ta’rifni keltiradi. I.R.Galperin matnning ma’lumot 
berish, bo‘linuvchanlik, kogeziya (aloqalar sistemasi), kontinium 
(vaqt va makon izchilligi), qismlar avtosemantiyasi, retrospeksiya va 
prospeksiya, modallik, yaxlitlik va tugallanganlik kabi sakkiz 
kategoriyasi mavjudligi haqida ma’lumot beradi. Umuman matn, 
deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo‘lgan, tugallangan, yozma 
3

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə