“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
saparniyozova 0

Матвеева Т.В.
Функционалные стили в аспекте текстовых категорий.–Свердловск, 1990, с.5. 
4
Қаранг: Şerif Aktaş Edebiyatta üslup ve problemleri
. –Ankara, «Akçağ», 1993,46.s 
5
Зильберман Л.И.
Лингвистика текста и обучение чтению английской научной литературы.
–М., 1988, с. 29. 
6
Шамсиддинов Ҳ.
Ўзбек тилида сўзларнинг функционал-семантик синонимлари.
Филол.фан.докт...дис.-Тошкент,1999, 187-б. 


shaklda mavjud bo‘lgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan 
tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bog‘langan, 
aniq maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak. 
Tilshunos I.Rasulovning fikricha, gapdan katta birlik murakkab 
sintaktik butunlik bo‘lib, u fikran va sintaktik jihatdan o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha 
to‘liq bo‘ladi. Hozirgi davrda matn turlari va ularga xos bo‘lgan belgi-
xususiyatlarni aniqlash davom etmoqda. Biz matnning o‘ziga xos 
belgilari sifatida axborot berish, mustaqil gaplar yoki murakkab 
sintaktik butunlikdan tashkil topishi, tarkibiy qismlar orasida 
mazmuniy va sintaktik aloqalarning mavjudligi, makon va zamon 
izchilligi, yaxlitligi va tugallanganligi, bir umumiy mavzuga egaligi 
kabilarni tushunamiz. Matn ana shunday belgilarni o‘zida 
mujassamlashtirgan murakkab kommunikativ - sintaktik butunlikdir. 
7
Y.M.Lotman «matn ifodalilik (ma’lum bir fikr ifodalangan bo‘lishi), 
chegaralanganlik (mazmun va ifodadagi me’yoriylikning bo‘lishi) va 
struktural butunlik belgilariga ega bo‘lishi lozim»
8
ligini ta’kidlaydi. 
Ayniqsa, badiiy matn uchun mazkur belgilar favqulodda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko‘ra tilshunoslikda o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab
matn lingvistikasi yo‘nalishi tez sur’atlarda rivojlana boshladi. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo‘yicha davriy 
nashrlar, ilmiy maqolalar to‘plami, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari, 
darsliklar nashr qilindi. Rus tilshunosligida matn lingvistikasining 
shakllanishi 
va 
rivojlanishida 
I.R.Galperin, 
K.Kojevnikova, 
E.A.Referovskaya, 
G.Y.Solganik, 
V.G.Gak, 
M.V.Lyapon, 
O.I.Moskalskaya, A.A.Metsler, O.L.Kamenskaya kabi olimlarning 
xizmati katta bo‘ldi.
O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va 
yangi 
taraqqiyot 
bosqichiga 
ko‘tarilishida N.M.Turniyozov, 
B.Yo‘ldoshev, 
A.Mamajonov, 
E.Qilichev, 
M.Hakimov, 
M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat 
kasb etdi. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama
turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu boradagi tadqiqotlar davom 
etmoqda.
7

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə