“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   190
saparniyozova 0

Долгова О.В.
Синтаксис как наука о построении речи. –М.: Высшая школа, 1980.-С. 40-41. 
50
Хегай В
. О понятии 
дискурс 
// Филология масалалари, 2006, N 2 (11), 63-66-б. 


“diskurs” termini bir-biridan farqli to‘rt xil ma’noda qo‘llanishini 
aytadilar.
51
A.I.Gorshkov 
alohida 
ko‘rsatib o‘tganidek, lingvistik 
adabiyotlarda “diskurs” terminining qat’iy bir ma’nosi yo‘q, u 
ifodalaydigan hodisalar diapazoni juda keng, ya’ni “matnning 
qismi”dan yaxlit “nutq”qacha bo‘lgan hodisalarni ifodalash uchun 
ishlatiladi. Bu so‘zning ma’nosi fransuzcha discours – “nutq”, 
“so‘zlash” demakdir.
52
Uning qayd etishicha, “diskurs” so‘zi
“matnning qismi” ma’nosida termin bo‘la oladi, ammo u matn
muammosi turlicha nuqtayi nazarlardan turib tadqiq etilgan juda ko‘p 
lingvistik adabiyotlarda “frazadan katta birlik”, “murakkab sintaktik 
butunlik”, “matn komponenti”, “registr”, “jumla”, “prozaik strofa”, 
“sintaktik kompleks”, “monologik jumla”, “kommunikativ blok” 
kabilar bilan sinonim bo‘lar ekan, “diskurs” terminiga ehtiyoj 
yo‘qligini ta’kidlaydi.
53
Biz ham shunday deb hisoblaymiz. “Diskurs” 
termini haqidagi mazkur mulohazalardan maqsad bu so‘zning asl 
ma’nosi “nutq”, “so‘zlash” ekanligini, adabiyotlarda bu terminning 
“matn”ga sinonim sifatida qo‘llanganligini ta’kidlash va shu tarzda 
matnning yozma ham, og‘zaki ham bo‘laverishiga yana bir marta 
urg‘u berishdan iborat edi. Demak, matn og‘zaki yoki yozma 
shakldagi yaxlit nutqiy asardir. 
Matnning ham til, ham nutq birligi ekanligi haqidagi qarash
yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz kabi, tadqiqotchilarning asosiy 
ko‘pchiligi tomonidan tan olingan. Gap qoliplari tilda mavjud bo‘lgani 
va bu qoliplarning bevosita realizatsiyasi nutqda voqe bo‘lgani singari 
til sistemasida matn yaratishning ham umumiy qoidalari, qoliplari, 
“formulalari”
54
bor. Mazkur qoliplar asosida nutqda matn yaratiladi. 
Shuning uchun ham gap qanchalik ham til, ham nutq hodisasi bo‘lsa, 
matn ham shunchalik ham til, ham nutq hodisasidir. To‘g‘ri, gapga 
xos qonuniyatlar, qoidalar, kategoriyalarni matnga bevosita tatbiq 
etish mumkin emas. Chunki aytilganiday, matn gapdan yirik, oliy 
kommunikativ birlik va uning yaratilishida mutlaqo farqli 
qonuniyatlar 
amal 
qiladi. 
O.L.Kamenskaya 
juda 
o‘rinli 
51

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə