“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   190
saparniyozova 0

Синтаксис текста
. -М.: Наука, 1979, с. 4.


kelayotgan bo‘lsa, bugun ular qatoriga “matn” tushunchasi ta’rifini 
ham qo‘shish mumkin. 
Albatta, matn gapdan yirik sintaktik birlik, shuning uchun ham 
uning tarkibida birdan ortiq gapning bo‘lishi tabiiy. Ammo bu birdan 
ortiq gaplarning bir-biri bilan munosabati qanday bo‘ladi? 
Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konsepsiyasiga ko‘ra, 
matn – bu, aslini olganda, “gap-yadro” tarzidagi qismlari o‘zaro 
pronominal va bog‘lovchi so‘zlar yordamida bog‘langan “uzun 
gap”dir.
62
Bu “uzun gap”, ya’ni matn qismlari bo‘lmish gaplar o‘rtasida 
grammatik, mazmuniy-mantiqiy va yana bir qancha jihatlardan 
bog‘lanishlilikning mavjudligi matn tadqiqotchilarining deyarli 
barchasi tomonidan qayd etiladi. Masalan, chex tilshunosi 
K.Kojevnikova matn muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlarda 
qarashlar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, faqat bir masalada, ya’ni 
“matnni bog‘lanishliliksiz tasavvur etib bo‘lmasligi borasida mutlaq 
yakdillik kuzatilishi”ni ta’kidlaydi.
63
Yana bir chex tilshunosi D.Brchakova bog‘lanishlilik 
kommunikatsiyaning aosiy shartlaridan biri ekanligini, muayyan qismi 
oldingi qismlardagi axborot oqimini o‘z ichiga olgan, mavzuiy birlik 
namoyon bo‘lgan matn bog‘lanishli bo‘lishini aytib quyidagilarni 
yozadi: “Bog‘lanishlilik semiologik kategoriya sifatida matnning
lingvistik tahliliga daxldor universaliyalar sirasiga kiradi. Uni birdan 
ortiq gapdan tashkil topgan matn parchasida ko‘rish mumkin. 
Bog‘lanishlilikning mohiyati bir mavzu haqidagi axborotni matnning 
bir 
segmentidan 
ikkinchisiga 
o‘tkazishdir.”
64
Albatta, 
bog‘lanishlilikning bunday talqinida sintaktik jihat inkor etilmasa-da, 
har holda, mazmuniy-mantiqiy yondashuv birinchi planga chiqqan. Bu 
o‘rinda matnning bog‘lanishliligi bilan bevosita aloqador matnning 
yaxlitligi masalasi ham alohida diqqatga molik. Zotan, muayyan 
butunlikni 
tashkil 
etadigan 
barcha 
unsurlar 
o‘rtasida 
bog‘lanishlilikning mavjudligi natijasi o‘laroq bu butunlikning 
yaxlitligi yuzaga keladi. 
62

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə