“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   190
saparniyozova 0

Колшанский Г.В.
От предложения к тексту / Сущность, развитие и функции языка. –М. 
Наука,1987, с.40
.
79
Одинцов В.В.
Стилистика текста. -М.: 1980, с. 122. 


oldindanoq 
alohida 
ta’kidlash zarurki, bizningcha, abzasni 
supersintaktik butunliklar bilan qiyoslash, ularni bir-biri bilan 
solishtirish ilmiy mantiq nuqtayi nazaridan unchalik asosli emas. 
Tilshunoslikda abzas va uning mohiyati talqini masalasida bir-
biridan farqli bir necha nuqtayi nazarni ko‘rish mumkin.
O.I.Moskalskaya supersintaktik butunlik va abzasni solishtirar 
ekan, 
supersintaktik 
butunlikning 
sintaktik 
mohiyatga 
ega 
hodisaligini, abzas esa kompozitsion sath birligi ekanligini ta’kidlaydi. 
Abzasning matnda kompozitsion-stilistik birlik maqomida bo‘lishiga 
boshqa tadqiqotchilar ham e’tiborni qaratadilar.
80
Bir qator tadqiqotchilar abzasning sintaktik struktura birligi 
bo‘la olmasligini aytadilar. Ularning fikricha, abzas til sistemasining 
birligi emas, shuning uchun unda boshqa sintaktik birliklardan 
farqlanishga xizmat qiladigan grammatik belgilar yo‘q, demakki, u 
alohida sintaktik birlik emas. Ana shundan kelib chiqib, ular abzasni 
sintaktik kategoriya deb hisoblamaydilar va shunday ta’kidlaydilar: 
“Matnning sintaktik strukturasida so‘z birikmasi, so‘zlar qo‘shilmasi, 
gaplar, murakkab sintaktik butunliklardan boshqa hech qanday birlik 
yo‘q.”
81
Ayni paytda ular abzasning yozma nutq amaliyotida fikr 
idrokini qulaylashtirish maqsadida yozuvchi tomonidan ongli ravishda
ajratiluvchi birlik ekanligiga alohida urg‘u beradilar. 
Yana ayrim tilshunoslar supersintaktik butunlikni matnda 
sintaktik birlik sifatida qarash mumkin emasligini, faqat abzasgina 
matnda ana shunday maqom ola bilishini isbotlashga urinadilar. 
Masalan, ayni masalani nemis tili materialida o‘rgangan L.G.Fridman 
murakkab sintaktik butunlik o‘zining sintaktik birlik maqomini tayin 
etadigan tegishli ko‘rsatkichlarga ega emas deb hisoblaydi, shuning 
uchun uni grammatik birlik tarzida emas, balki bir qator mustaqil 
gaplarning mazmuniy umumiyligi asosida shakllanadigan mantiqiy-
semantik butunlik tarzida talqin qilish to‘g‘ri bo‘lishini aytadi. Muallif 
abzas stilistik, adabiy-kompozitsion birlik sifatida tadqiq etilgan 
ishlarda uni sintaktik birlik maqomini tayin etadigan belgilar yo 
ikkinchi planga surib qo‘yilishini, yoki umuman e’tibordan chetda 
80
Сильман Т.И.
Структура абзаца и принципы его развертывания в художественном тексте / 
Теоретические проблемы синтаксиса современных индоевропейских языков. -Л.: Наука, 1975, с.208-
216.
81

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə