“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Лосева Л.М. Межфразовая связь в тексте монологической речи. –Одесса, 1969, с. 24;  Свотина М.Г



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   190
saparniyozova 0

Лосева Л.М.
Межфразовая связь в тексте монологической речи. –Одесса, 1969, с. 24; 
Свотина М.Г.
Абзац как единица речевой практики / Теоретические
проблемы синтаксиса 
современных индоевропейских языков. -Л.: Наука, 1975, с. 205-208. 


qolishini tanqid qiladi. U abzasning mohiyati va maqomi haqida 
quyidagicha anchayin keskin fikrni ilgari suradi: “Nisbatan quyi sath 
birligi bo‘lmish gapdan farqlovchi relevant belgilar turkumiga ega 
bo‘lgan frazadan katta sintaktik birlik abzasdir deb hisoblaymiz... 
Abzasning kompozitsion birlik sifatidagi rolini inkor etmagan holda 
biz o‘ylaymizki, u eng avvalo sintaktik birlikdir, chunki abzasning 
aynan sintaktik tabiati uning adabiy-kompozitsion birlik sifatida 
qo‘llanishi uchun imkoniyat yaratadigan bazis, asosdir.”
82
Ko‘rinadiki, 
tadqiqotchi abzasni xuddi gap kabi sintaktik hodisa sifatida talqin 
qiladi va matnning asosiy birligi abzasdir degan fikrni qat’iy 
asoslashga harakat qiladi. 
Bunday qarash, bu qadar keskin bo‘lmasa-da, boshqa 
tilshunoslarda, ayniqsa, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi bilan 
shug‘ullangan mutaxassislarda ham bor. Masalan, ana shunday 
yo‘nalishdagi ishlardan birida matn yaratishning majburiy unsuri 
sifatida abzas alohida ajratib ko‘rsatiladi, uning matn lingvistikasida 
o‘ziga xos strukturaga ega bo‘lgan to‘laqonli birlik ekanligi 
ta’kidlanadi va shunga asoslangan holda abzas “katta matn” ichidagi 
“kichik matn” degan xulosaga kelinadi, uning “abzas-tahlil”, “abzas-
tavsif”, 
“abzas-kontrast”, “abzas-analog”, “abzas-ta’rif” kabi 
mazmuniy turlari ajratiladi.
83
Abzasni sintaktik hodisa sifatida tushunish yoki abzas va 
supersintaktik 
butunlik 
tushunchalarini 
qorishtirish 
turli 
tilshunosliklarda ancha-muncha uchraydi. Hatto muayyan bir asarda 
abzasning bir necha farqli talqinlarini ham uchratish mumkin. 
Masalan, I.V.Arnoldning “Hozirgi ingliz tili stilistikasi” kitobidagi
“Matniy sath - abzas” nomli paragraf shunday boshlanadi: “Yozma 
nutqning bir xatboshidan ikkinchi xatboshigacha bo‘lgan, murakkab 
sintaktik butunlik sifatida reallashgan va adabiy matnning nisbiy 
tugallangan qismini tashkil etuvchi bo‘lagi abzas deyiladi.”
84
Abzas 
nazariyasining ibtidosi A.M.Peshkovskiy ishlariga borib taqalishini, 
keyinchalik esa N.S.Pospelov, T.I.Silman va boshqa ko‘plab 
tilshunoslar tomonidan tadqiq etilganligini ta’kidlar ekan, muallif 
82
Фридман Л.Г.
К вопросу о сверхфразовых единицах / Теоретические проблемы синтаксиса 
современных индоевропейских языков. -Л.: Наука, 1975, с. 216-217. 
83

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə