“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Мухин А.М. Структура предложения и их модели. –Л.: Наука, с. 211;  Валгина Н.С



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   190
saparniyozova 0

Мухин А.М.
Структура предложения и их модели. –Л.: Наука, с. 211; 
Валгина Н.С.
Синтаксис современного русского языка. –М.: Высшая школа, 1973, с.380; 
Лосева Л.М.
Как строится 
текст. –М.: Просвещение, 1980, с. 85.


muammoga o‘ziga xos tarzda yondashilgan va masalaning mohiyatiga 
daxldor konkret farqlarni birma-bir belgilashga harakat qilingan.
87
N.A.Levkovskayaning ko‘rsatishicha, matnni bo‘laklarga 
ajratish - ko‘p aspektli murakkab jarayon, bu jarayon, umuman, ikki 
tomonlama xaraktyerga ega, ya’ni, birinchidan, u matnning funksional 
yo‘nalishi – matnning pragmatik maqsadi bilan bog‘liq bo‘lgan 
obyektiv jarayon. Ikkinchidan, u matn ijodkorining niyati – 
muallifning pragmatik maqsadiga bog‘liq bo‘lgan subyektiv jarayon. 
Matnni bo‘laklashda ana shunday, ya’ni matnning pragmatik maqsadi 
– muallifning pragmatik maqsadi tarzidagi o‘ziga xos dixotomiya 
mavjud bo‘ladi. Matnni aynan matnning pragmatik maqsadiga 
muvofiq bo‘laklash mahsuli sifatida supersintaktik birlik yuzaga 
keladi. Matnni muallifning pragmatik maqsadiga ko‘ra bo‘laklash 
mahsuli sifatida esa abzas yuzaga keladi. Ana shunga ko‘ra, 
tadqiqotchi supersintaktik birlik matnni obyektiv bo‘laklash birligi 
ekanligini, uning fikriy tugallikka, mantiqiy butunlikka egaligini 
aytadi. Abzas esa matnni subyektiv bo‘laklash birligi bo‘lganligidan 
hamisha ham fikriy tugallikka sohib bo‘lolmasligiga, abzas aksar 
hollarda kitobxonga ta’sir qilish samaradorligini oshirishning sof 
emfatik vositasi sifatida namoyon bo‘lishiga alohida urg‘u beradi. 
Maqola muallifi abzas ilmiy matnda struktur, semantik va 
kommunikativ butunlik maqomida bo‘lsa-da, badiiy matnda, asosan, 
emfatik vazifa bajaruvchi vosita sifatida ishtirok etishini ta’kidlaydi. 
Albatta, bu badiiy matnning o‘ziga xos maqsad va vazifalari
xususiyatlari, umuman, yozuvchining kitobxonga estetik ta’sir 
qilishdan iborat pragmatik maqsadi bilan bog‘liq ekanligi ma’lum. 
Badiiy matnda, tabiiyki, yozuvchining estetik niyati hal qiluvchi 
ahamiyatga molikdir.
E.A.Referovskayaning 
ilmiy 
kuzatishlarida 
ham 
abzas 
mohiyatidagi subyektivlikka asosiy e’tibor qaratilgan, uningcha, 
“abzas muallifning individual manerasiga muvofiq tarzda mavzuning 
mazmuniy rivojiga, supersintaktik birlik esa fikr ifodasining struktural 
shakllanishiga qaratilgan”dir. 
Ko‘rinadiki, supersintaktik birlik va abzas o‘rtasidagi farqni 
tayin etishda matnni bo‘laklashning obyektiv va subyektiv omillaridan 
87

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə