“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


-modda. Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   190
saparniyozova 0

186-modda. Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish 
Tovar bozoriga sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish 
badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa

e
ng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha 


miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan 
jazolanadi. 
O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa - uch yildan 
yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O‘sha harakatlar: 
a) odamlar o‘limiga; 
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa
- yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi 
(O‘zbekiston 
Respublikasining 
jinoyat 
kodeksi. 
–Toshkent: 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2001, 99-b.). 
Ko‘rinib turganiday, matnda uchta gapdan iborat bitta 
supersintaktik birlik mavjud, ammo ular sakkizta abzasga ajratilgan 
holda berilgan. 
Badiiy matnda esa abzaslarning bunday tuzilishi, bir 
supersintaktik 
birlikning 
bir 
necha 
abzaslarda 
ifodalanishi 
yozuvchining badiiy-estetik niyati bilan bog‘liq holda juda ko‘p 
kuzatiladi. Quyidagi misollarda buni ko‘rish mumkin: 
Otaqo‘zi millioner raislarga xos viqor va dabdaba bilan 
qo‘qqisdan “bostirib” keldi. Domla Shomurodov mashina ovozini 
eshitib ko‘chaga chiqqanida darvoza oldida biri oq, biri havorang 
ikkita “Volga” qator turardi. Ketma-ket “Gazik” kelib to‘xtadi. 
Oq “Volga”dan oldin Otaqo‘zi, uning ketidan sipogina 
kiyingan, xushbichim bir odam, havorang “Volga”dan esa 
Otaqo‘zining qizi Tohira tushdi 
(O.Yoqubov, “Diyonat” romani). 
...Hozir Mahkam Gavharning intilishlarini o‘z intilishlariday 
tushunib, ko‘ksida bir emas, ikki yurak urib turganday kuch, ishonch 
sezayotgan bir paytda ko‘ngli ham g‘ubordan tez tozalanardi. 
Gavharda esa Mahkamning sevgan ishiga hurmat o‘tgan 
yiliyoq paydo bo‘lgandi. U Mahkamning kelajagiga qarab, bolalarga 
tarbiya beruvchi olijanob bir o‘qituvchini ko‘z oldiga keltirardi 
(P.Qodirov, “Uch ildiz” romani). 
Keltirilgan har ikki parchada bittadan supersintaktik birlik 
mavjud, ammo bu birliklar ikki abzas tarzida ifoda qilingan. 
SHubhasizki, bu yozuvchining badiiy-estetik niyatiga uyg‘un holatda 
tegishli fikr bo‘laklarini ta’kidlashga, kuchaytirishga xizmat qilgan. 
Ana shu bir-ikki misolning o‘ziyoq abzasni supersintaktik birlik bilan 
solishtirish maqsadga muvofiq emasligini yana bir marta ko‘rsatadi. 


O‘zbek tilshunosligida matn tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning 
aksariyatida matn birliklari haqida gap borganda, shunday birliklar 
sifatida, asosan, jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzas sanab 
o‘tiladi. 
Ayrim 
tadqiqotchilar, 
masalan, 
nemis 
tilining 
yirik 
tadqiqotchisi V.G.Admoni abzasning eng avvalo grafik butunlik 
ekanligini ta’kidlaydi, chunki yozma matnda abzasni ajratib ko‘rsatish 
uchun uning har ikki tomonidan biroz ochiq joy qoldiriladi, bu uning 
grafik chegarasi hisoblanadi. Olim keyingi yillardagi nemis 
nashrlarida abzasni ajratib ko‘rsatuvchi mazkur ochiq joy o‘rniga 
abzaslar o‘rtasida (vertikal) bir qator tashlab ketish usulidan 
foydalanish ham kuzatilayotganini aytadi.
88
Rus tilshunosligida abzasni punktuatsion vositalar sistemasi 
ichida qarash an’anasi ham mavjud. Masalan, A.N.Gvozdev tinish 
belgilarini sharhlar ekan, shunday yozadi: “Vazifasiga ko‘ra abzas 
tinish belgilari sirasiga kiradi... Abzas yangi fikrlar qatorining 
ko‘rsatkichi sifatida xizmat qiladi; abzas ichida mustaqil gaplar bilan 
ifodalangan fikrlar baribir mazmunan birlashgan bo‘ladi va muayyan 
kichik mavzuni rivojlantiradi... Bir necha gap yoki hatto bitta gapni 
alohida abzas sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh 
etadi, bunday ajratish muallif tomonidan o‘z maqsadiga bog‘liq tarzda 
amalga oshiriladi.”
89
Matn lingvistikasining yirik tadqiqotchilaridan biri I.R.Galperin 
ham bundan ellik yillar burun nashr yettirgan bir kitobida abzas xuddi 
tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni 
alohida ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan vosita, 
kompozitsion-grafik usul ekanligini asoslagan.
90
Ta’kidlash joizki, 
I.R.Galperin ham, I.V.Arnold kabi (uning fikrini yuqorida keltirdik) 
abzasni matnda (albatta, yozma matnda) birlik emas, balki muayyan 
fikrni ta’kidlash, emotsionallikni kuchaytirish, muhim jihatni ajratib 
ko‘rsatish usuli ekanligini ta’kidlaydi. 
Bizningcha, abzasni matn birligi sifatida talqin qilish tegishli 
mantiqiy asosga ega emas. Bunday talqin aslida matnning mohiyatini 
88

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə