“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   190
saparniyozova 0

Minimal 
matn
(mikromatn) va 
maksimal matn
(makromatn). Shuni ham aytib 
o‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga 
ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, 
ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli 
matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi 
matnlar sanaladi. O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, 
doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, 
dramatik asarlar, trilogiyalar kiradi».
93
Lekin bu tarzdagi bo‘linish 
ayrim chalkashliklarni yuzaga chiqaradi. Shunday dostonlar borki
93
Қиличев Э.
Матннинг лингвистик таҳлили. -Бухоро: Бухоро университети, 2000, 6-7-б. 


hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan balki, ichki 
mazmun, xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham uncha-
muncha 
romandan 
qolishmaydigan 
dostonlar 
bor. 
Masalan, 
«Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» kabi go‘zal dostonlarimiz shakl va mazmun 
jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Yoki kichik hajmli she’rlarni 
ham o‘rta matn hisoblaymizmi? Umuman bu tarzdagi tasnif jiddiy 
asosga ega emas. Shuning uchun matnni tilshunoslikda keng tarqalgan 
ikkiga ajratib tekshirish tamoyili asosida o‘rganishni ham mantiqan
ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.
Badiiy uslubda 
minimal matn
deyilganda biror mavzuni 
yoritishga 
bag‘ishlangan 
qatralar, 
xalq 
donishmandligini 
ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy 
asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni 
qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. 
Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli 
shakldagi bog‘lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan:
Talantsiz yozuvchi tovuqqa o‘xshaydi. Yong‘oqdek tuxum 
tug‘adi-da, qaqog‘lab olamni buzadi! 
(O‘.Hoshimov) 
94
Yoki: 
Sevgi nima? 
Insoniyat paydo bo‘ptiki, shu savol ustida 
bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining barcha 
sir-asrorlarini bilganida edi, uning modeli – qolipini yaratgan 
bo‘lardi. Sevgi hech qanday qolipga sig‘magani uchun ham sirli va 
abadiydir
(O‘.Hoshimov).
Mikromatn deb atash mumkin bo‘lgan ikkita parchani keltirdik. 
Tarkiblanish jihatidan birinchisi ikkita gapdan tuzilgan. Mazmunni 
birlashtirishga xizmat qiladigan sarlavha berilmagan. Bu vazifa tovuq 
va u bilan bog‘liq so‘zlarga yuklatilgan (tovuq-tuxum-qaqog‘lamoq). 
Iste’dodsiz yozuvchi birinchi gapda tovuqqa o‘xshatilmoqda. Ikkinchi 
gap esa bu o‘xshatishni to‘laroq izohlash yoki sababini ko‘rsatish 
uchun keltirilgan. Ya’ni, iste’dodsiz yozuvchi tovuqqa o‘xshatildi, 
ammo tovuqning qaysi sifat va xususiyatiga? Muallif munosabati 
ikkinchi gapda tugal ifodasini topgan. Matn butunligini ta’minlashda 
tovuq-tuxum-qaqog‘lamoq 
so‘zlari 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə