voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan
biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz.
Ba’zan fikrimizni turli
dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga
ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz.
Uni turli
hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa
chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan
qandaydir
informatsiyani tinglovchiga yetkazishga qaratilgan bo‘ladi. Shu bilan
birga biror ishni qanday bajarish kerakligi
haqida tavsiyalar beramiz
yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga
erishish uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va xitob jumlalaridan
foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi
muloqot maqsadi va mazmuni
shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini,
tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali
tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi.
Ana shunday
hollarda ba’zan mubolag‘a, ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy
vositalardan foydalanamiz.
Shundan kelib chiqib matnni, xususan,
badiiy matnni quyidagi
tiplarga bo‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy
matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar mazmunli
matn. 6.Buyruq mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.
98
Dostları ilə paylaş: