tadqiqotlar tasdiqlashini aytadi. U shunday deb yozadi: “Gap
predikatsiyaning, ya’ni nutqning nominativ mazmunini real voqelikka
nisbatlashning ifodachisi ekanligi haqidagi
haqiqatni esga olishimiz
bilan bu narsa oydin bo‘ladi-qo‘yadi. Matnning gapga alternativalar
sifatida
ko‘rsatilayotgan
“haqiqiy”
birliklaridan
birontasi
predikatsiyani ifodalovchi o‘z vositalariga ega emas. Bu shuni
bildiradiki, matn gapdan tashqarida hukm
va xulosalarni ifodalay
olmaydi, ya’ni matn olamni anglangan holda aks ettirishning
to‘laqonli vositasi bo‘lib xizmat qilish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi.”
Bunga o‘xshash fikrni boshqa tadqiqotchilarning ishlarida ham
ko‘rish mumkin. Masalan, rus tilshunosi G.V.Kolshanskiy gap
subyekt-predikat munosabatini ifodalashi bilan matnda mazmunning
mantiqiy fikr sifatida shakllanishiga
imkon beruvchi mazmuniy-
struktur birlik bo‘lishini, gap “matnning asosiy (bazis) operativ
unsuri” ekanligini alohida ta’kidlaydi.
78
Aytish mumkinki,
matnning
mazmuniy tarkibini, bu mazmunning obyektiv olam bilan
nisbatlanishini, demakki, to‘g‘ri anglanishini
gapsiz tasavvur etish
mushkul.
Ko‘rinadiki, gapning matn sistemasidagi o‘rnini, ayniqsa, uning
matn hosil qilish qobiliyatini aslo inkor etib bo‘lmaydi. Gapning matn
hosil qilish xususiyati haqida gapirganda, mutaxassislar rus ritorikasi
namoyandalaridan biri I.Davidovning “Gap dondir,
undan butun asar
unib chiqadi” tarzidagi juda obrazli qilib aytgan (1838 -yilda) gapini
eslashadi.
79
Umuman aytganda, gap matn hosil bo‘lishida o‘ziga xos
materialdir.
Ana shular hisobga olinsa, matn birliklari sifatida
supersintaktik butunliklar bilan bir qatorda erkin gaplarni tan olgan
holda har qanday gapni ham ana shunday
birliklar ichida qarash
maqsadga muvofiq.
Matn lingvistikasi, xususan, matn birliklarini belgilashdagi eng
munozarali va behad ko‘p tadqiq etilgan masalalardan biri abzasning
mohiyati, tabiati va matn tarkibidagi maqomi masalasidir. Bu borada
rus va Yevropa filologiyasida juda katta
miqdordagi ilmiy ishlar
yaratilgan. Ularning aksariyatida abzas va supersintaktik butunliklar
o‘rtasidagi munosabat,
umumiy va farqli jihatlar, ularning matndagi
ahamiyatlilik darajasi kabi masalalar borasida bahs yuritiladi. Ammo
78
Dostları ilə paylaş: