sintaksisning tekshiruv obyekti. Sintaktik hodisa sifatida matn maxsus
leksik-grammatik va umumiy mazmun talabi
bilan birikkan birdan
ortiq mustaqil gap turlarining yig‘indisidan iborat. Matn o‘ziga xos
murakkab sintaktik strukturaga ega bo‘lgan nutqning eng yirik
ifodasidir”.
67
Tilshunoslikda matnga berilgan juda ko‘p va xilma-xil
ta’riflarning deyarli barchasida ayni shu bog‘lanishlilik
va yaxlitlik
belgisi u yoki bu tarzda o‘z ifodasini topgan. Masalan, nemis
tilshunosi
V.Dressler
“Matn sintaksisi” nomli maqolasiga
X.Vaynrixning “Matn – bu,
shubhasiz, shunday butunlikki, unda
barcha narsa o‘zaro bog‘langandir” shaklidagi ta’rifini epigraf qilib
olgan.
68
Yoki boshqa bir tadqiqotchining matnga bergan ta’rifi mana
bunday: “Yaxlitlikni nazarda tutgan
holda zamon yoki makonda
joylashtirilgan
gaplarning
har
qanday
ketma-ketligi
matn
hisoblanadi”.
69
V.A.Zveginsev bir-biri bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan
gaplarni bir butunlik tarzida birlashtrib bo‘lmasligini, agar shunday
holatdagi gaplar birlashtirilsa, mutlaqo sun’iy
nutq yoki matn paydo
bo‘lishini, uning nutq mantig‘idan tashqarida qolishini aytadi.
70
Zotan,
ona tili ta’limida ham o‘quvchilarda bog‘li nutq tuzish malakasini
shakllantirishda ana shu nutq mantig‘iga ayricha ahamiyat berilishi
tasodifiy emas.
Chindan ham, ta’kidlab o‘tilganidek,
struktur, mazmuniy va
kommunikativ yaxlitliklarni o‘zida mujassam etmagan nutq yoki nutq
parchasi matn maqomini ola olmaydi. Quyidagi ikki parchani
qiyoslaylik:
71
I.
Jon do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan
kechmas. Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Ra’noning
yerga qaragan ko‘zi sekingina Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di.
Hammaning ko‘zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi.
Humoyun hamma dardini aytib ko‘nglini bo‘shatsin uchun Xonzoda
begim uning so‘zini bo‘lmay toqat bilan jim tingladi. Chol podshoning
oldiga borib, savoliga javob beribdi.
67
Dostları ilə paylaş: