jihatlardan uyg‘unlikdir, muvofiqlashuvdir. Gaplarning ana shunday
o‘zaro uyg‘unligi, muvofiqlashuvining natijasi sifatida matn mavjud
bo‘ladi. Ana shu bir-ikki mulohazadan kelib chiqib,
matnning asosiy
birligi gapdir degan xulosaga kelish mumkin. Ammo gapni matn
birligi sifatida baholash tilshunoslikda u qadar keng tarqalgan emas.
Aksincha, bu borada bahsli yondashuvlar anchagina.
Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb
hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni
birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan katta butunlik matn
birligi bo‘la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda konstituent
sifatida ishtirok etishini, frazadan katta
butunlikning tarkibiy qismi
bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaxlit matnning ham tarkibiy qismi
bo‘la olmasligini ta’kidlaydi.
Ayni shu frazadan katta butunlikni matnning asosiy birligi
sifatida baholash deyarli barcha tilshunosliklarda keng tarqalganligini
ta’kidlash mumkin.
O‘zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash
uchun
bir
qator
farqli
terminlar
qo‘llanmoqda. Masalan,
A.Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik”
73
terminini qo‘llagan
bo‘lsa, keyinroq muntazam ravishda “superfrazali sintaktik birlik”
74
terminidan foydalanadi. Matnning stilistik
muammolariga alohida
e’tibor bilan qaragan I.Rasulov va H.Rustamovlar esa “murakkab
sintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘radilar.
75
O‘zbek matnidagi
ana
shunday
birliklarni
monografik
tarzda
tadqiq
etgan
M.Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar” terminini qo‘llashni
maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
76
Biz ham hodisa mohiyatini
anchayin to‘g‘ri va xolis aks ettiradigan atama sifatida ana shu
“supersintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘ramiz.
M.Abdupattoyev mazkur nomzodlik dissertatsiyasida o‘zbek
tilidagi matnda supersintaktik
butunliklarning mohiyati, sintagmatik
va semantik-uslubiy xususiyatlarini ilmiy asoslab bergan. Shuni ham
aytish kerakki, tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn
tarkibidagi
chegaralarini belgilash, ularni ajratish prinsiplarini
73
Dostları ilə paylaş: