“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   190
saparniyozova 0

mazmuniy 
o‘q
vazifasini 
bajarmoqda. Keyingi kichik hajmli matnni oladigan bo‘lsak, ushbu 
matnning ichki mazmuni savol shaklidagi sarlavha orqali oshkor 
qilingan. Matn 4 ta gapdan tashkil topgan. Butunlikni ta’minlayotgan 
vositalar sirasiga izchil va tugal ohang, ammo bog‘lovchisi, agar 
94
Ўткир Ҳошимов
. Дафтар ҳошиясидаги битиклар. –Т.: Шарқ, 2005.


bog‘lovchisi va matnning 
mazmuniy o‘q
ini tashkil qiluvchi sevgi 
so‘zi kiradi. Demak, masala savol shaklida qo‘yilyapti va unga matn 
orqali javob berilyapti. Ya’ni, Sevgi nima? Sevgi - sirli va abadiy 
tushuncha.
O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi Bitiklar”
 
turkumiga 
kiritilgan 
Sadoqat
deb nomlanuvchi lavhada boshqacharoq holatni 
ko‘rishimiz mumkin.
Qadim zamonda bir yurt bor ekan. Xalqi mehnatkash, podshosi 
odil, hayoti tinch, turmushi farovon ekan. Boshqa bir mamlakatning 
shohi g‘ayrligi kelib, o‘sha yurtni bosib olmoqchi bo‘pti. Biroq 
daf’atan hujum qilishga jur’at etolmay, o‘sha yurtga o‘z xufiyasini 
yuboribdi. «Qanday qilib bo‘lmasin, podshoning ishonchiga kirasan, 
yurtning sir-asrorini bilib kelasan» debdi. 
Xufiya o‘sha yurtga boribdi. Vaqti kelib, chindan ham 
podshoning ishonchiga kiribdi, mulozimlaridan biriga aylanibdi. 
So‘ng, o‘z mamlakatiga qaytib borib, shohiga «Bu yurtni olib 
bo‘lmaydi!» debdi. «Nima, qal’asi mustahkammi?»-deb so‘rabdi 
shoh. «Gap qal’ada emas»,-debdi xufiya. «Bo‘lmasa gap nimada 
o‘zi?»-debdi shoh darg‘azab bo‘lib. Shunda xufiya o‘zi guvoh bo‘lgan 
bir voqeani aytib beribdi:
-Bir kuni o‘sha podsho shikorga chiqdi. Yonida qirq nafar yigiti 
ham bor edi. Men ham ularga qo‘shildim. Podsho uchqur bir kiyik 
ortidan ot qo‘ydi. Hammamiz unga yergashdik. Kiyik cho‘qqiga qarab 
yugurdi. Podsho ham uning ortidan ot surib ketaveradi. Bir mahal 
kiyik cho‘qqi tepasiga yetganda tubsiz dara ustidan sakradi-da, narigi 
cho‘qqiga o‘tib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Podsho noiloj jilov tortib, 
ortidan tushdi. Terlab ketgan edi. Yonidan ro‘molcha chiqarib
peshonasini artmoqchi bo‘lgan edi, nogahon shamol kelib, 
ro‘molchani daraga uchirib ketdi. SHunda qirq yigitning hammasi 
o‘zini tubsiz jarlikka otdi. Qanchasi parcha-parcha bo‘lib ketdi. 
Qanchasi mayib-majruh bo‘ldi. Omon qolgan bir yigit ro‘molchani 
olib chiqib, podshoga topshirdi. 
U yurtda bunaqa yigitlar ko‘p. Bunaqa yurtni yengib 
bo‘lmaydi… 
Mazkur matn sadoqat haqida, Vatanga, yurtga vafodorlik haqida. 
Biz matnning nima haqda ekanligini dastlab sarlavhadan bilib olamiz. 
Bu so‘z matn ichida boshqa qaytarilmaydi, lekin sarlavha sifatida 
kelgan shu so‘z matnning ham 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə