“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   190
saparniyozova 0

mazmuniy takror
turini ham 
kuzatishimiz mumkin. 
4. Xiazmatik konstruksiyalar yordamida birikish. 
Xiazm 
asosan, ikkita gapdan tashkil topgan matn ko‘rinishlarida uchraydi. 
Xiazm «X» harfi shaklida namoyon bo‘luvchi uslubiy vositadir. 
Ikkinchi gap birinchi gap komponentlarining teskari tarzda 
joylashuvidir. Bunda yozuvchining asosiy maqsadi ikkinchi gapda 
berilgan bo‘ladi. Birinchi gap ikkinchi gapdan anglashiladigan 
ma’noni bo‘rttirib ifodalashga xizmat qiladi.
Masalan:
Shijoatli bo‘l. Biroq andishasiz bo‘lma. 
Andishali bo‘l. Biroq shijoatsiz bo‘lma.
(O‘. Hoshimov). 
«Xiazm poetik nutqda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Uslubiy-
semantik vazifa. Bunda ikki komponent mazmuni o‘zaro zidlik kasb 
etadi yoki aksincha, bir-birini mantiqan to‘ldiradi. 2.Ekspressiv 
vazifa. Bunda o‘quvchi yoki tinglovchiga zavq bag‘ishlash, fikrni tez 
va uzoq vaqt esda saqlab qolishiga xizmat qilishi nazarda tutiladi. 
3.Evfonik vazifa. Xiazmni yuzaga keltirayotgan bo‘laklar o‘zaro o‘rin 
va vazifa jihatidan almashinganda ohang ham shunga mos ravishda 
almashinib boradi.»
105
 
5. Zamon va makon ifodalovchi birliklar yordamida
ham 
matnni shakllantirish va uning komponentlarini bog‘lash mumkin. 
Badiiy asardagi voqea-hodisalar muayyan vaqt asosida ro‘yobga 
105
Мамазияев О.Х.
Ўзбек поэтик нутқида хиазм ва градация. Филол.фан.номз...дис.автреф.-
Фарғона, 2004. 


chiqadi. Faqat badiiy asardagi vaqt tushunchasi real hayotdagi vaqt 
muntazamligidan farq qiladi. «Vaqt ma’noli leksemalar matn 
qismlarini distant (masofasiz, bilvosita) va kontakt (masofali, 
bevosita) bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ayrim temporal so‘zlar 
leksik-grammatik bog‘lovchi vazifasini bajarib, matndagi xronologik 
ketma-ketlik, izchillikni aks ettirib turadi».
Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz 
bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. 
Qarang, oftob charaqlab yotibdi…
(O‘.Hoshimov). Ushbu matnning 
shakllanishida vaqt ma’noli birliklarning alohida xizmati bor. Birinchi 
gapda 
ertalab
leksemasi yordamida sutkaning shu qismida sodir 
bo‘lgan tabiat hodisasi haqidagi informatsiya ifodalanyapti. Keyingi 
gaplarda ifodalangan hodisalar ham ayni vaqt birligida ketma-
ketlikda ro‘yobga chiqqan. Ya’ni: ertalab 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə