buning uchun parsellyatli konstruksiya tarzida ifodalashni eng ma’qul
yo‘l deb biladi.
Muayyan bir fikr muallifning badiiy niyatiga ko‘ra atayin gap
tarkibidan ajratib olinib, alohida gap tarzida berilishi mumkin. Bunday
vaziyatda ham keyingi konstruksiyalar o‘zidan oldin kelgan gapning
ifoda mazmuni bilan bir qatorda mantiqiy va poetik ta’kid oladi.
Masalan:
Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq.
Chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz. Biroq shaxsiy manfaatni
umumnikidan ustun qo‘yish yaxshi emas
(N.Norqobilov, “Quduq”
hikoyasi).
Ushbu parcha uchta gapdan iborat. Biroq mazkur gaplarda
aytilgan fikrlarni odatdagi tartib bilan
bir gap doirasida berish
mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazkur uchta gapni osonlik bilan
bitta gapga birlashtirish, ya’ni murakkab qo‘shma gapga aylantirish
mumkin:
Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq,
chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz, biroq shaxsiy manfaatni
umumnikidan ustun qo‘yish yaxshi emas
. Agar shunday qilinganida,
jonli
nutqqa xos ixchamlik, tabiiylik sezilarsiz darajaga tushgan
hamda ifoda ta’sirchanligi bu qadar yuqori aks etmagan bo‘lar edi.
Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish lozimki, muayyan gap
strukturasini biror maqsad bilan o‘zgartirish tarzidagi sintaktik-stilistik
hodisa dunyo tilshunosligi tarixida
juda ancha ilgaridan anglab
yetilgan va turlicha nomlar bilan atalgan. Masalan, mashhur shveysar
tilshunosi Sh.Ballining dastlabki nashri bundan rosa bir asr ilgari,
ya’ni 1909 yilda chiqqan va keyin o‘zgartirishlarsiz qayta nashr
qilingan “Fransuz tili stilistikasi” nomli asarida mazkur hodisa
“dislokatsiya” termini bilan nomlangan va uning o‘ziga
xosliklari
bayon qilingan.
117
Sh.Ballining tushuntirishicha, so‘zlovchi, masalan,
Tezroq bu yoqqa keling! (“Venez vite!”)
gapida ifodalangan fikrni
emotsional bir tarzda ifodalamoqchi bo‘lsa, jumladagi ravishni fe’lga
tobelikdan chiqaradi, ya’ni:
Bu yoqqa keling! Tezroq! (“Venez!
vite!”).
Buning natijasida bitta jumla sintaktik
jihatdan ikkita jumla
maqomini oladi, ular alohida-alohida jumlalar sifatida ajratilgan holda
idrok qilinadi. Hatto ularning o‘rnini alamashtirish ham mumkin
bo‘ladi, ya’ni:
Tezroq! Bu yoqqa keling! (“Vite! venez!”).
Sh.Balli
shunday ta’kidlaydi: “Bu biz
gap bo‘laklarining dislokatsiyasi
deb
atagan hodisaning eng oddiy misolidir. Ehtimol, bu hodisa so‘zlashuv
117
Dostları ilə paylaş: