“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   190
saparniyozova 0

Белошапкова В.А.
Современый русский язык. Синтаксис. –М.: Высшая школа, 1977. -С. 
157. 
135
Скепская Г.И.
Введение в синтагматику. –М.: Высшая школа, 1979. -С. 104. 


yotadi, chunki prof. N.Mahmudov ta’kidlaganidek, bunday holatlarda
“ortiqchalik prinsipining mohiyatiga ko‘ra sodda mazmun murakkab 
forma orqali ifodalangan. Albatta, bu holat mantiqiy ravishda gapda 
semantik-sintaktik asimmetriyani yuzaga keltiradi”.
136
Kommunikativ vazifa va jumla tuzilishi muammosini nemis tili 
materiallari asosida tadqiq etgan A.A.Margaryan gap va matnga 
kommunikativ 
sintaksis 
nutqtayi 
nazaridan 
yondashishning 
favqulodda muhim ekanligini aytar ekan, bunday yondashuvda 
kommunikatsiya jarayonida faol qo‘llanadigan juda katta miqdordagi 
“nostandart” 
konstruksiyalar 
tadqiqotchi 
e’tiboridan 
chetda 
qolmasligini, tadqiqotchining “kuzatuv maydoni kengayishi”ni 
ta’kidlaydi.
137
Bu o‘rinda yana bir jihatni aytib o‘tish maqsadga muvofiq. 
Parsellyatsiya og‘zaki nutq hodisasimi yoki u yozma nutqqa tegishlimi 
tarzidagi savolning javobi borasida ham tilshunoslikda muayyan 
munozara mavjud. Ammo juda ko‘p tadqiqotchilar parsellyatsiyaning 
substrati og‘zaki nutq bo‘lsa-da, uning yozma nutqqa oid ekanligini 
takror va takror ta’kidlab ko‘rsatadilar.
138
Ba’zi tadqiqotchilar “tipik 
ekspressiv 
strukturalar 
bo‘lmish 
parsellyatsiyalangan 
konstruksiyalarning asosiy ko‘rsatkichi nuqta” ekanligiga alohida 
urg‘u beradilar, tegishli faktik misol keltirib, “...bu o‘rinda nuqta gap 
oxirining emas, balki qo‘shimcha stilistik, ta’kidli, mazmuniy 
vazifalarni 
bajaruvchi 
parsellyatsiyaning 
bo‘linish 
joyining 
ko‘rsatkichidir” degan fikrni ilgari suradilar. Keyingi yillardagi 
tadqiqotchilar parsellyat va asos qism o‘rtasida final tinish belgilari
ya’ni nuqta, ko‘p nuqta, so‘roq, undov belgilari qo‘yilishini alohida 
ta’kidlaydilarki
139
, bu fikrga to‘la qo‘shilish mumkin. Ammo ayni 
paytda parsellyat asosiy qismdan tire bilan ham ajratilishi 
mumkinligini ta’kidlamoq ham joiz. 
136

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə