Parsellyatsiyani sof struktur
sintaksis nuqtayi nazaridan
o‘rganib bo‘lmaydi, bunday qilinganda, maqsad mavhum bo‘lib
qoladi.
Chunki
aksariyat
tilshunoslar
haqli
ravishda
ta’kidlaganlariday, parsellyatsiyaning mohiyati muayyan sintaktik
strukturani muayyan maqsad bilan
nutqda kommunikativ qayta
bo‘laklash, sintaktik strukturadagi muayyan qismni gapning oxiriga
alohida
jumla
maqomida
chiqarishdan
iborat.
Bu
borada
V.A.Beloshapkovaning gapni til birligi, jumlani
nutq birligi sifatida
talqin qilgan holda bildirgan quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Gap
va jumlaning chegaralari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bitta
grammatik struktura bir necha alohida xabarlarga bo‘laklanishi
mumkin. Bu hodisa “parsellyatsiya” deb nomlanadi. U badiiy
adabiyotda juda keng kuzatiladi.”
134
Shuning uchun ham parsellyatsiya
hodisasining kommunikativ
va ekspressiv sintaksisga daxldorligi ayni muammoni o‘rgangan
deyarli barcha tilshunoslar tomonidan qayd etilgan. Bundan kelib
chiqilsa, parsellyativ konstruksiyalar shaklidagi birliklarda sintaktik
struktura bilan kommuntikativ (ekspressiv) struktura o‘rtasida
muayyan nomutanosiblik yuzaga chiqishini tasavvur etish mumkin.
G.I.Skepskaya parsellyatsiyalangan frazalarning
yuzaga kelishini
fransuz tilshunosi G.Giyom aniqlagan qonun asosida tushuntirish
mumkin ekanligini aytadi. Bu qonunga ko‘ra, sintaktik birlikning
grammatik shakllanganlik darajasi uning
ekspressivlik darajasiga
teskari proporsionaldir. G.I.Skepskaya shunday yozadi: “Bu qonun
“
grammatik ifoda + ekspressivlik = birlik
” formulasi orqali
tasavvur qilinishi mumkin. Agar bu formulada
ekspressivlik nolga
intilsa, unga muvofiq grammatik shakllanganlik o‘zining to‘liq
ifodasini topadi. Aks holatda esa, ya’ni ekspressivlik kuchaysa,
grammatik tuzilish nolga yaqinlashadi.”
135
Bu qonunda konstruktiv va
kommunikativ
(ekspressiv)
sintaksislar
o‘rtasidagi
mazkur
nomutanosiblik juda ham yaqqol ifodalangan.
Parsellyatsiya natijasida mohiyatan
bir sintaktik gap ikki
kommunikativ jumlaga aylanadi, bir sodda sintaktik shaklda
ifodalanadigan fikr ikki kommunikativ shaklda ifodalanadi.
Mazkur
nomutanosiblikning zamirida til vositalarining ortiqchaligi tamoyili
134
Dostları ilə paylaş: