baland. Unga suyanib‚ boshini ko‘tarsa‚ bog‘ni ko‘radi. O‘zi obod
qilgan bog‘ u.
Mazkur parcha beshta gapdan tashkil topgandek ko‘ringani
bilan, aslida, ikkita gapning qayta tarkiblangan shaklidir. Ya’ni:
Jalil
aka deraza tagida, baland bolishli to‘shakda yotibdi. Bolishga
suyanib‚ boshini ko‘tarsa, o‘zi obod qilgan bog‘ni ko‘radi
.
Yaxlit
gapning nima sababdan “bo‘laklangan”ligi haqida mulohaza yuritish
orqali muallif maqsadining mohiyatiga etish mumkin.
Hikoyaning
birinchi jumlasini o‘qigandayoq, bexosdan etni junjiktirguvchi
qandaydir noxush kayfiyat uyg‘onadi. Nega aynan “deraza
tagida
yotibdi” degan savolga javob izlashga shoshilamiz. Birinchi gap
tarkibidan
uzib olingan
To‘shakda
parsellyati o‘sha tushkunlikni
yanada quyuqlashtiradi.
To‘shak
so‘zining
mazmunida kasallikka
ishora ma’nosi ham yo‘q emas. Bu ma’noni reallashishida “to‘shakka
mixlanib qolmoq”, “ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olmoq” kabi
iboralarning mavjudligi sabab bo‘lgan, desak yanglishmaymiz.
Demak, Jalil aka betob! Dastlabki xulosamizni uchinchi parsellyat
ham asoslaydi.
Bolishi baland
! Nega bolishning
balandligi alohida
gap shaklida berilgan? Aslida, bu gap ham avvalgi gaplar mohiyatini
teranlashtirishga, ifoda ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qilgan.
Zero
baland
bolish
birikmasi qaysidir ma’noda
bir joyda yotaverib,
ko‘p aziyat chekkan bemor holatini ham ifodalaydi. To‘rtinchi gap
tarkibidagi
unga
olmoshi va
suyanib
so‘z shakli o‘zidan oldingi va
keyingi gaplarni mazmunan zich bog‘lanishini ta’minlaydi. YA’ni
bolishga suyanib boshini ko‘tarsa, bog‘ni ko‘radi. U shunchaki bog‘
emas, balki o‘zi obod qilgan bog‘. Oxirgi gapning parsellyat
sifatida
ajratilishi ham ana shu ma’noni ta’kidlaydi.
129
Badiiy matnda qahramonlar nutqini xoslashtirishda, bu
nutqning tabiiyligini ta’minlashda ham parsellyativ konstruksiyalarga
murojaat qilinadi. Aslida parsellyatsiya og‘zaki nutqning “fotografik”
ifodasi uchun favqulodda mos konstruksiya hisoblanadi.
Chunki
parsellyatsiyaning yuzaga kelishi mohiyatan og‘zaki so‘zlashuv nutqi
bilan bog‘liqdir. Aksar tadqiqotchilar bu holatga alohida urg‘u
beradilar. Masalan, G.N.Akimova shunday yozadi: “Ekspressiv yozma
konstruksiyalarning ko‘pchiligida og‘zaki nutqning kuchsiz unsuri
bo‘lmish
so‘zlashuv
substrati
mavjud
deb
hisoblaymiz...
129
Dostları ilə paylaş: